Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Xerard Pike yana jarohat oldi. «Barselona» yetakchisining qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi

Xerard Pike yana jarohat oldi. «Barselona» yetakchisining qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Barselona» himoyachisi Xerard Pike Ispaniya Kubogi ½ final javob bahsi doirasida kechgan «Sevilya»ga qarshi bahsda (3:0) jarohat oldi.

Katalon klubi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, futbolchi o‘ng tizzasi bog‘lamlarini shikastlab olgan. AS xabariga ko‘ra, Pike bu jarohat tufayli uch hafta maydonga tusha olmaydi.

Shu tariqa himoyachi Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsi doirasidagi PSJga qarshi kechadigan 10 mart kungi uchrashuvni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. Shuningdek, Pike katta ehtimol bilan La Ligadagi «Osasuna», «Ueska» va «Real Sosyedad»ga qarshi o‘yinlarda ham ishtirok etolmaydi.

Ayni damda «ko‘k-anorranglilar» tarkibida uch nafar markaziy himoyachi qolmoqda. Bular — Kleman Langle, Samyuuel Umtiti va Oskar Mingesa.

«Sevilya»ga qarshi bahsda 90+4-daqiqada jamoasining ikkinchi golini urib, qo‘shimcha bo‘limlar belgilanishiga sabab bo‘lgan futbolchi o‘yin vaqtida tizzasida muammo sezgandi. Biroq shifokorlar ko‘rigidan keyin Pike uchrashuvni davom ettirgan, oqibatda bahsdan keyin oqsoqlanib qolgandi.

Avvalroq 34 yoshli futbolchi jarohat sabab deyarli uch oy o‘ynamagandi.

Eslatib o‘tamiz, Ronald Arauxo, Miralem Pyanich, Serxi Roberto, Ansu Fati va Filippe Koutinyo kabi futbolchilar jarohat sabab «Barselona» lazaretida bo‘lib turibdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:26, 05.03.2021.
O'qildi: 5027 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик