Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Shuxrat Toshpo‘latov: «Superkubokni Qarshiga olib ketishga harakat qilamiz»

Shuxrat Toshpo‘latov: «Superkubokni Qarshiga olib ketishga harakat qilamiz»

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston Superkubogi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanning ikkinchi qismida “Nasaf” jamoasi murabbiyi Shuhrat Toshpo‘latov bo‘lajak o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi. Unga jamoa yetakchilari Husniddin Aliqulov va Abduvohid Ne’matov hamrohlik qildi.

Shuhrat Toshpo‘latov: - Ertangi o‘yin oldidan jamoamiz kayfiyati a’lo darajada. Tayyorgarlik jarayoni reja asosida o‘tdi. Ertaga ikkinchi marta Superkubokni qo‘lga kiritish uchun harakat qilamiz. 2016 yil aynan “Paxtakor”ni mag‘lub etib, Superkubokda zafar quchgan edik. Ertaga ham ushbu natijani takrorlab, kubokni Qarshiga olib ketishni niyat qilganmiz.

Bilasiz, bosh murabbiy Ro‘ziqul Berdiyev jarrohlik stoliga yotgan va reabilitasiya jarayonini o‘tamoqda. Ro‘ziqul Sa’dullayevich mashg‘ulotlarda doim biz bilan birga. Maydonga chiqmasada, doim kerakli maslahatlarni berib turibdi. Bosh murabbiyning yo‘qligi yigitlarga salbiy ta’sir qilmaydi.

To‘g‘ri, tarkibda yo‘qotishlar bo‘ldi, ammo zaxirada xam o‘z navbatini kutib turgan iqtidorlar yetarli. O‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari davomida aynan ushbu futbolchilar o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishdi va o‘ylaymanki, ular nazorat bahslarida o‘zlarini ko‘rsatishdi.

“Paxtakor”ning hujum chizig‘ida ham yo‘qotishlar bor. Jamoa yetakchilari Masharipov, Hamdamov va Sergeev klubni tark etdi. “Sherlar” doim hujumkor o‘yin namoyish etishgan. O‘ylashimcha, yangi murabbiy ham o‘tgan yilgi taktikani o‘zgartirmaydi. Albatta, biz “Paxtakor”ni yaxshi o‘rgandik, jamoaning kuchli va zaif jihatlarini ko‘rdik.

Husniddin Aliqulov: - Jamoadagi ruhiyat a’lo darajada. O‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Bo‘lajak uchrashuvda g‘alaba qozonib, muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz.

Abduvohid Ne’matov: - Bo‘lajak bahsga 100 foiz tayyormiz. Ertaga har ikki jamoa uchun ham tarixiy o‘yin bo‘ladi. 5 yil oldin ham ushbu raqib ustidan g‘alaba qozongan edik va buni yana takrorlab, Superkubokni Qashqadaryoga olib ketishga harakat qilamiz.

Superkubok bitta uchrashuvdan iborat. O‘yinning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida g‘olib aniqlanmasa, penaltilar seriyasiga murojaat etiladi. Shu bois, mashg‘ulotlardan so‘ng penaltilar seriyasiga ham alohida tayyorgarlik ko‘rdik.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 19:29, 05.03.2021.
O'qildi: 4807 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик