Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Superliga, 1-tur. «Navbahor» - «So‘g‘diyona» o‘yiniga chipptalar bugundan sotuvga chiqdi

Superliga, 1-tur. «Navbahor» - «So‘g‘diyona» o‘yiniga chipptalar bugundan sotuvga chiqdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, joriy mavsumning ilk bahsini Namanganning “Navbahor” klubi o‘z maydonida Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Mazkur o‘yin uchun chiqarilgan chiptalar bugundan sotuvga chiqdi.   

Ishqibozlar 4, 5, 6, 7, 8, 9, 14, 15, 16, 17, 18 va 19-sektorlar uchun 15 ming,
3, 10, 11, 12, 13 hamda 20-sektorlarga 20 ming so‘m,
2 va 21-sektorlar uchun esa 30 ming so‘mdan chipta xarid qilishlari mumkin.

“Navbahor”–“So‘g‘diyona” klublari o‘rtasidagi uchrashuvdan oldin viloyatimizning taniqli xonandalari tomoshabinlarga o‘zlarining dilrabo kuy-qo‘shiqlari bilan zavq ulashishadi.

Namanganliklar joriy mavsumda o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘yganligi bois, ushbu o‘yinning keskin kurashlar ostida o‘tishi ehtimoli yuqori.

Bundan tashqari, “lochinlar” o‘z maydonlarida bu yilgi mavsumdagi ilk uchrashuvni o‘tkazishadi hamda g‘alaba qozonib, muxlislarga quvonch ulashishga harakat qilishadi.  

Chiptalar bugundan boshlab, Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingoh kassalarida sotilmoqda. Chiptalar miqdori cheklangan. Ularni tezroq xarid qilishga shoshiling!

Karantin qoidalariga amal qilgan holda, barcha muxlislar stadionga tibbiy niqoblarda kelishlari shart. Tibbiy niqob taqish bilan nafaqat o‘zingiz, balki, o‘z yaqinlaringiz hamda atrofingizdagilarning ham sog‘liklarini asragan bo‘lasiz. Tibbiy niqob taqmagan muxlislar stadionga kiritilmaydi.    

“Navbahor” – “So‘g‘diyona” o‘yini 9 mart, seshanba kuni soat 18:30 da start oladi.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 17:13, 06.03.2021.
O'qildi: 2628 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик