Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

«Bavariya» irodali g‘alabaga erishdi

«Bavariya» irodali g‘alabaga erishdi

Baho:
+ | -

Germaniya Bundesligasi 24 - tur doirasidagi eng markaziy uchrashuv «Bavariya» va «Borussiya D» jamoalari o‘zaro qarama-qarshilikda maydonga tushishdi. Uchrashuvni shiddatli va gollarga boy tarzda o‘tishiga hech ham shubha yo‘q edi va amalda ham shunday bo‘ldi. O‘yinni daxshatli tarzda boshlagan dortmundliklar, uchrashuvning 10 - daqiqasigacha 2 marta raqibi darvozasini ishg‘ol qilishga erishgandi. Erling Xoland 2 va 9 - daqiqalarida tezkor gol urib, jamoasining 2;0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi, ammo keyingi soniyalarda o‘z o‘yinini tiklagan myunxenlik futbolchilar ketma-ket hujumlar uyushtirishga erishdi. Bu hujumlar samarasi 26 - daqiqaga kelib, o‘z so‘zini aytdi. Leroy Sanedan ajoyib pasni qabul qilib olgan Levandovski uchrashuvdagi hisobni qisqartirishga erishdi. 44 - daqiqaga kelib esa, polshalik futbolchi penalti gol urib, dublni rasmiylashtirib, o‘yindagi hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi va 1-taym mazkur hisobda yakunlandi. Ikkinchi taym ham qarama-qarshi hujumlar bilan boshlandi, lekin yaratilgan vaziyatlardan hech qaysi jamoa foydalana olmadi. O‘zgartishlar bilan jamoasini kuchaytirgan «Bavariya» murabbiyi, uchrashuvda ochko yo‘qotishni umuman xohlamadi. Shuning uchun, jamoasini faqat oldinga borishga undadi. 88 - daqiqaga kelib «Bavariya» uchrashuvdagi hisobda oldinga chiqib olishga erishdi. Goretska ajoyib gol urib hisobni 3:2 ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. 90 - daqiqadagi polshalik hujumchi Robert Levandovski jamoasining 4, o‘zining esa 3 - golini kiritishga erishdi. Yakuniy hisob 4:2, «Bavariya» g‘alabasi.

«Bavariya» - «Borussiya D»: 4:2

Gollar: Levandovski 26, 44, 90+1, Goretska, Xoland 2, 9.

Kiritildi: 00:48, 07.03.2021.
O'qildi: 4370 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик