Dortmundning «Borussiya» klubi yetakchilaridan biri Jeydon Sancho YECHL nimchorak final javob bahsi doirasidagi «Sevilya»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Bu haqda nemis matbuoti xabar beradi. Jeydon haliyam jarohatidan tiklangani yo‘q. Uchrashuv 9 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Sancho joriy mavsum barcha musobaqalarda 31 ta o‘yinda maydonga tushib o‘z hisobiga 12 gol va xuddi shuncha assistni yozdirib qo‘ygan.