Londonning «Vest Xem» klubi sardori va yetakchisi o‘z faoliyatini kelasi yil yozda yakunlashini ma’lum qilgan.
U yaqinda jamoa bilan bir yillik bitim tuzdi. Ushbu shartnoma muddati yakuniga yetgach Mark jonajon klubini tark etadi. 33 yoshli futbolchi «bolg‘achilar»ning tarbiyalanuvchisi hisoblanib u bu klub safida 500 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Joriy mavsum esa Nobl 18 bahsda qatnashib birorta ham samarali natija qayd etolmadi.