Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

«Yuventus» Chempionlar ligasini tark etdi

«Yuventus» Chempionlar ligasini tark etdi

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final javob o‘yini doirasida «Yuventus» 9 mart, seshanba kuni o‘z uyida «Portu»ni qabul qildi.

Uchrashuvda hisob 19-daqiqadayoq ochildi. Mehmonlar a’zosi Serjiu Oliveyra 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirdi. Turinliklar 49-daqiqada Federiko Kyezaning goli evaziga muvozanatni tikladi. 54-daqiqada mehmonlar hujumchisi Mehdi Taremiy (2 daqiqa ichida ikkita sariq kartochka oldi) maydondan chetlatildi. 63-daqiqada Kyeza Krishtianu Ronalduning uzatmasidan so‘ng dublini nishonladi va «Yuventus»ni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning qolgan qismida hisob o‘zgarmadi. Tomonlarning birinchi bellashuvida «Portu» o‘z uyida 2:1 hisobida g‘alaba qozongani uchun jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarga taklif etildi.

115-daqiqada Serjiu Oliveyra jarima zarbasini golga aylantirdi va muvozanatni tikladi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, Adriyen Rabio burchakdan oshirilgan uzatmani boshi bilan «Portu» darvozasiga aniq yo‘lladi. Hisob 3:2 ko‘rinishida turinliklar foydasiga hal bo‘ldi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 4:4 hisobi qayd etilgan bo‘lsa ham «Portu» mehmonda urilgan gollar evaziga Chempionlar Ligasi 1/4 finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. «Yuventus» esa musobaqadagi ishtirokini erta yakunladi.

Yevropa chempionlar ligasi, 1/8 final javob bahsi
9 mart, seshanba
«Yuventus» Italiya – «Portu» Portugaliya 3:2
Gollar: 0:1 – 19, penalti Serjiu Oliveyra, 1:1 – 49 Kyeza, 2:1 – 63 Kyeza, 2:2 – 115 Serjiu Oliveyra, 3:2 – 117 Rabio.
«Yuventus» – Shchensni, Demiral, Bonuchchi (de Ligt, 75), Aleks Sandro, Rabio, Kuadrado, Remzi (Makkenni, 75), Artur (Kulusevski, 102), Kyeza (Bernardeski, 102), Ronaldu, Morata.
«Portu» – Marchesin, Pepe, Sanusi (Dias, 71), Mbemba, Manafa, Serjiu Oliveyra (Lum, 118), Uribe (Gruyich, 90), Korona (Diogu Leyte, 118), Otavio (Sarr, 62), Marega (Toni Martines, 105), Taremi.
Ogohlantirishlar: Otavio (45), Taremi (52), Kyeza (90), Kuadrado (92), Serjiu Oliveyra (97), Bernardeski (103), Rabo (114), Mbemba (120).
Chetlatish: Taremi (54).
Birinchi o‘yin – 1:2

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:04, 10.03.2021.
O'qildi: 14222 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик