Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Mirjalol Qosimov: «Bu yili chempionat qizg‘in kechadi»

Mirjalol Qosimov: «Bu yili chempionat qizg‘in kechadi»

Baho:
+ | -

Superliganing 1-turi doirasida bo‘lib o‘tgan AGMK - "Lokomotiv" uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«Chempionat doimgidek hayajonli o‘yin bilan boshlandi. Mavsumga yaxshi darajada hozirlangandik. Albatta startni g‘alaba bilan boshlash yoqimli. Urilgan goldan keyin tashabbusni raqibga berib qo‘ydik. "Lokomotiv"da malakali futbolchilar bor va ular tashabbusni qo‘lga olishgach uchrashuvda hisobni tenglashtirishdi. Biz bo‘lim yakunida to‘p nazoratini yo‘qotdik. Tanaffusdan keyin vaziyatni o‘ngladik. Ikkinchi taymda jamoamiz "Lokomotiv"ga qaraganda va birinchi taymga nisbatan yaxshi harakat qildi va o‘ylashimcha, haqli g‘alabaga erishdik.

Doim aytaman, biz shashka emas, balki futbol o‘ynaymiz. Statistika bo‘yicha ham futbol eng ko‘p jarohatli sport turi. Futbolda o‘yin davomida yoki mashg‘ulotlarda ham jarohat olish mumkin. Birinchi o‘yinning ilk taymidayoq ikkita jarohat va majburiy o‘zgarishlarni amalga oshirdik. O‘sha paytda meni jamoaning jismoniy holati tashvishga soldi. Negaki, mavsum startida hali jismonan jamoa to‘liq tayyor holatda emas va ular ikkinchi bo‘limni deyarli o‘zgarishsiz o‘ynashlariga to‘g‘ri keldi. O‘yinlar orqali jamoa jismoniy holatini yaxshilab boradi. Lekin bizda bir-birini o‘rnini to‘ldiradigan futbolchilar bor. Rahmonov oyog‘idan jarohat oldi. Meni ko‘proq Botiralining jarohati tashvishga soldi. Chunki Ergashev Qodirqulov bilan to‘qnashib, bosh miyasi chayqalib ketdi va ma’lum muddat xushini yo‘qotdi. Lekin hozir ahvoli yaxshi. Ammo uning holatini ertangi tibbiy nazorat tekshiruvlaridan keyin bilib olamiz.

Hech kim maydonga yutqazamiz deb tushmaydi. Har bir o‘yinga g‘alaba uchun maydonga tushamiz va maqsadni kattaroq olamiz. Bu yili chempionat qizg‘in kechadi. Jizzaxning "So‘g‘diyona" jamoasi tarkibning o‘zagini saqlab qoldi, "Navbahor" ham kuchaydi, qolaversa "Qo‘qon-1912" ham yaxshi jamoa. "Paxtakor" garchi yetakchilar ketgan bo‘lsada ularni o‘rniga saviyali futbolchilar olib keldi. Masalan, Masharipovni o‘rniga Rashidov keldi. Aytmoqchimanki, "Paxtakor" keskin kuchsizlangani yo‘q va ular kuchli jamoaligicha qolgan. Aytadiku, jo‘jani kuzda sanaymiz. Bizning maqsad har bir o‘yinga g‘alaba uchun maydonga tushish va muxlislarga yoqadigan o‘yin namoyish etgan holda ko‘plab ishqibozlarni stadionga qaytarish», — dedi Mirjalol Qosimov.

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 07:35, 10.03.2021.
O'qildi: 3484 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.