«Sevilya» bosh murabbiyi Xulen Lopetegi YECHL 1/8 finali doirasida «Borussiya» Dortmundga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Uncha og‘ir o‘yin bo‘lmadi. Keyingi bosqichga chiqishimiz mumkin edi. Bunga loyiq edik. Jamoam ajoyib o‘yin ko‘rsatdi: hujumkor o‘ynadik, yaxshi himoyalandik, yigitlar chin yurakdan o‘ynashdi. Buning uchun mukofotlanishimiz kerak edi.
«Borussiya» bilan to‘rt bo‘limning uchtasida ustunlik qildik. Mag‘lubiyatga loyiq emas edik», — deydi Lopetegi.