«Leypsig» bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann «Liverpul»ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrini bildirdi.
«Yigitlarni juda ham yomon o‘ynadi deb ayta olmayman. Shunchaki bizga ushbu musobaqadagi tajriba yetishmadi. Umuman olganda ko‘p narsa yo‘qotmadik.
Hujumlarning so‘nggi bosqichida ancha sovuqqonlik bilan o‘ynash kerak edi. Endi bor e’tborimizni Bundesligaga qaratamiz», - deydi mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, «buqalar» «Liverpul»ga umumiy 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.