Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Oksana Chusovitina sakkizinchi Olimpiadasiga germaniyalik murabbiy bilan tayyorlanadi

Oksana Chusovitina sakkizinchi Olimpiadasiga germaniyalik murabbiy bilan tayyorlanadi

Baho:
+ | -

Sportchilarimizni Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida tayyorlash bo‘yicha har bir atletimizga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada o‘zbek va jahon sporti afsonasi Oksana Chusovitinaning ham Olimpiadaga munosib tayyorlanishi muhimdir. Bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida sportchimizni Tokio Olimpiadasiga individual tayyorgarlik ko‘rishi masalalari muhokama qilindi. Unda MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov, O‘zbekiston gimnastika federasiyasi raisi vazifasini bajaruvchi Ruslan Mustayev, Tokio-2020 litsenziati Oksana Chusovitina va u bilan hamkorlikda ishlashi kutilayotgan germaniyalik mutaxassis Diter Kox ishtirok etishdi.

Tadbirda MOQ raisi Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlikka shaxsan Prezidentimiz bosh-qosh bo‘lib turibdilar. Hukumatimiz bu boradagi barcha masalalarimizni ijobiy hal qilib bergan. Katta tajribaga ega xorijlik murabbiylar bilan ishlash biz uchun qiziqarli. Oksanadan umidimiz katta. Sportchimiz o‘zining so‘nggi Olimpiadasini medal bilan yakunlashiga tilakdoshmiz”, – dedi Rustam Shoabdurahmonov.

Diter Kox sport gimnastikasi bo‘yicha ulkan tajribaga ega bo‘lgan murabbiy hisoblanadi. Uning qo‘l ostida Germaniya va Buyuk Britaniya jamoalari turli yillarda jahon chempionati va Olimpiya o‘yinlariga tayyorlangan. Kelishuvga ko‘ra, Kox sportchimizning shaxsiy murabbiyi bo‘ladi va Tokio Olimpiadasiga Chusovitinani o‘zi tayyorlaydi. Kelishuv Olimpiya o‘yinlari yakuniga qadar amal qiladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 10:00, 13.03.2021.
O'qildi: 2510 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик