Rimning «Roma» klubi yetakchilaridan biri Genrix Mxitaryan boldiridan olgan jarohati bois 3 haftaga safdan chiqdi.
Bu haqida klub matbuot xizmati xabar beradi. Armanistonlik futbolchi Yevropa ligasi doirasidagi «Shaxtyor» bilan kechgan bahsda jarohat olib birinchi bo‘limdayoq almashtirilgan edi.
Endi u milliy terma jamoasining mart oyi oxirlarida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati saralash bosqichidagi o‘yinlariga yordam bera olmaydi.