Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Gvardiola: «Hammasi yaxshi ketyapti. Biz g‘alabaga yaqinmiz»

Gvardiola: «Hammasi yaxshi ketyapti. Biz g‘alabaga yaqinmiz»

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Fulxem" ustidan qozonilgan g‘alaba (3:0) dan so‘ng, fikr bildirdi.

«Jismoniy jihatdan rivojlangan va yaxshi g‘oyalarga ega jamoaga qarshi ajoyib o‘yin bo‘ldi. Bu biz uchun muhim g‘alaba edi. Chempionat tugashiga sakkizta o‘yin qoldi va biz g‘alabaga yaqin turibmiz. Mavsumning dinamikasi yaxshi.

Biz uchun hammasi yaxshi ketyapti. Endi bizni Chempionlar Ligasi va Angliya kubogida ikkita muhim uchrashuv kutib turibdi. Aguero uchun gol urish muhim edi. Shu jumladan Gabriel Jezus uchun ham. G‘alabalar keyingi o‘yinlar uchun ishonch va ishtiyoq beradi.

Oldindagi o‘yinda boshqa variant yo‘q. Biz qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz va keyingi bosqichga chiqish uchun muvaffaqiyat qozonishga intilamiz», - deydi ispaniyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, bugungacha "Manchester Siti" 71 ochko to‘plab, APL turnir jadvalining peshqadami bo‘lib turibdi. Eng yaqin ta’qibchi bilan oradagi tafovut esa 17 ochkoga teng.

Manba: BBC
Kiritildi: 13:46, 14.03.2021.
O'qildi: 1960 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.