Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Oldimizga faqat bitta maqsad qo‘yilgan – Superligaga chiqish». «Dinamo» klubi direktori va bosh murabbiyi muxlislar bilan uchrashdi

«Oldimizga faqat bitta maqsad qo‘yilgan – Superligaga chiqish». «Dinamo» klubi direktori va bosh murabbiyi muxlislar bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Pro liga yangi mavsumi oldidan «Dinamo» jamoasi rahbariyati va murabbiylar shtabi klub muxlislari bilan uchrashdi.

14 mart, yakshanba kuni «Dinamo» stadioni matbuot anjumani zalida o‘tgan tadbirda «Dinamo» jamoasi taqdiriga befarq bo‘lmagan, jonkuyar va faol muxlislar yangi mavsum oldidan bosh murabbiy Hakim Fuzaylov va bosh direktor Uchqun Qobilovga bir qator savollar bilan murojaat qilib, javob olishdi.

Dastlab Hakim Fuzaylov jamoaning bu yilgi tayyorgarligi haqida gapirgan bo‘lsa, so‘ng Uchqun Qobilov klub oldiga qo‘yilgan vazifalar haqida so‘zladi.

«Barcha muxlislarni ko‘rib turganimdan xursandman. Samarqand men uchun begona joy emas. Faxriy muxlislar bilishadi, 2000-yillar boshida murabbiylik faoliyatimni aynan ushbu ko‘hna shaharda muvaffaqiyatli boshlaganman. Bu safar rahbariyat jamoa oldiga Superliga vazifasi borligini aytib, yordamga chaqirganida ikkilanmay Samarqandga keldim. Yanvar oyidan buyon jamoa bilan tayyorgarlik ko‘rayapmiz. Qo‘l ostimda deyarli yangi tarkib shakllandi deyishim mumkin. Tayyorgarlik asosan Samarqandda o‘tdi. Faqat ikki hafta davomida Toshkentda bo‘lib, nazorat o‘yinlarini o‘tkazib qaytdik. Umuman olganda, jamoamizni yangi mavsumga tayyor deya olaman. 10 kundan keyin o‘zimizda «Yangiyer» klubiga qarshi bahs bilan chempionatni boshlaymiz. Taqvimni ham omadli keldi, deya olaman. Umid qilamanki, barchamiz birlashib Superligaga munosib bo‘lgan «Dinamo»ni avvalgi mavqeini tiklay olamiz. Buning uchun sizlarning qo‘llab-quvvatlashingiz muhim», - dedi Hakim Qayumovich.

«Avvalambor, barcha muxlislarni ko‘rib turganimizdan xursandmiz. Yangi mavsum oldidan sizlar bilan ko‘rishib, ochiq suhbat o‘tkazishni reja qilgandik. O‘tgan mavsumdagi natijalar va klubdagi o‘zgarishlardan yaxshi xabardorsiz. Yil boshida jamoaga yangi bosh murabbiyni tayinlash vazifasi turgandi. Bir qator murabbiylar orasidan rahbariyat bilan kelishgan holda Hakim Qayumovich Fuzaylov nomzodiga to‘xtalib, u kishini chaqirdim. Hakim aka Samarqand futboli uchun begona emas, viloyat futboli va klubdagi atmosferadan xabardor inson. U kishi qo‘l ostida o‘zimiz ham «Dinamo»da to‘p surganmiz, Samarqandda yaxshi natijalar qayd eta olgan. Hakim Qayumovich kelgach, u kishining yonlariga samarqandlik mahalliy mutaxassislarni yordamchi qilib qo‘ydikki, ertaga o‘zimizda ham yaxshi murabbiylar chiqsin degan niyatda. Jamoamiz o‘z imkoniyat darajasida yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rdi va deyarli yangi tarkib shakllandi. Jamoamizni qo‘llab-quvvatlab turgan viloyatimiz hokimi Erkinjon Turdimov va klubimiz prezidenti va bosh homiysi Shavkat aka Jalolovga minnatdorchilik bildirib qolaman. Rahbariyat tomonidan oldimizga faqat bitta maqsad qo‘yilgan - «Dinamo»ni Superligaga olib chiqish. Bu yo‘lda bosh murabbiy Hakim aka Fuzaylov va men javobgar shaxslarmiz. Barchamiz birdamlikda harakat qilsak, siz muxlislar qo‘llab-quvvatlab tursangiz nasib qilsa «Dinamo»ni Superligaga olib chiqa olamiz.

To‘g‘ri, viloyatimizda mahalliy futbolchilar va yaxshi maydonlar bo‘yicha yetishmovchilik bor. Klubni tark etgan o‘yinchilar moliyaviy yaxshiroq taklif borligi sabab boshqa jamoalarga o‘tishdi. Ularni to‘g‘ri tushunamiz. Har holda futbolchining faoliyati qisqa bo‘ladi. O‘zimizda yaxshi maydonlar bo‘yicha muammo sababli mavsum oldi tayyorgarlik o‘yinlarimizni Toshkent hamda boshqa bir qator shaharlardagi maydonlarda o‘tkazib keldik. Bu yil hisobidan «Dinamo» stadioniga hali mashg‘ulot o‘tkazganimiz yo‘q. 10 kundan keyin jamoamiz mavsumni shu yerda boshlashi bois, bu masala tez orada ijobiy hal etilishi kutilmoqda. Barchamiz siz kabi Pro liga bahslarini ko‘tarinki kayfiyatda boshlashni niyat qilganmiz. Har bir futbolchi ham Superligaga chiqishni istaydi va buning uchun bor kuch va mahoratini ishga soladi», - deydi «Dinamo» bosh direktori Uchqun Qobilov.

Ma’lumot uchun, «Dinamo» jamoasi Pro liga 1-turi doirasida 24 mart kuni Samarqandda «Yangiyer» klubini qabul qiladi.

Usmon Ibodov yozib oldi

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 21:15, 14.03.2021.
O'qildi: 3416 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.