Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

«Turon» futbol klubi bosh murabbiyi Jizzaxdagi o‘yindan so‘ng «portladi»

«Turon» futbol klubi bosh murabbiyi Jizzaxdagi o‘yindan so‘ng «portladi»

Baho:
+2 | -

O‘zbekiston Superligasi 2-turi doirasida Farg‘onaning «Turon» klubi Jizzaxda «So‘g‘diyona» mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuv bosh hakami Viktor Serazetdinov 52-daqiqada «Turon» darvozasi tomon penalti belgiladi. Hakam ushbu vaziyatda farg‘onaliklar himoyachisi G‘iyos Komilov to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi deb topdi. Qayd etish joiz, ushbu vaziyatda to‘p qo‘lga emas, futbolchining yelkasiga tekkan va hakam holatga juda yaqin turgan edi. Penaltidan esa jizzaxliklar hujumchisi Shohruz Norxonov unumli foydalandi. Natijada «So‘g‘diyona» mazkur gol evaziga «Turon»ni mag‘lub etdi.

O‘yindan so‘ng «Turon» bosh murabbiyi Islom Ismoilov OAVga flesh-intervyu berib, hakamlikni tanqid ostiga oldi.

"Avvalo «So‘g‘diyona» jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yinga keladigan bo‘lsak, «Turon»ning aybi Superligaga chiqqanimi? Yoki hakamlarga pul bilan chiqmayotganimi? Ikkita o‘yindan beri buni umuman tushunib bo‘lmayapti. Buni butun O‘zbekiston ko‘rdi: to‘p futbolchining boshiga tekkaniga hakam penalti belgilayapti. O‘shalar kiyinish xonasiga kirib ko‘rsin, futbolchilar yig‘lab o‘tiribdi. Bularga qachon chora ko‘riladi? Qachongacha bu narsalarga chidash mumkin? Tozalaymiz deyishyapti, shumi tozalangani? Kelib ko‘mib ketyapti. Ikki turdan beri futbol yo‘q. Faqat hushtak, hushtak, hushtak! Qachongacha? Kim bularga [hakamlarga] chora ko‘radi. Buyog‘da 70-80 kishi oilasini boqaman deb ezilib ketyapti. Uchta odam [hakamlarga] chiqib turib, kesib tashlayapti. Shumi O‘zbekistonda adolat? Biz halol o‘ynayapmiz, hakamlarga pul bilan chiqmayapmiz. Bir so‘m pul bilan chiqmasangiz, «kallangizni kesib tashlashyapti». Kim chora ko‘radi?

Meni futboldan butun umr olib tashlasa, olib tashlayversin. Lekin kimdir oxirigacha qarshi kurashishi kerak. Raqib futbolchilarining qo‘liga ikki bor to‘p tegdi. O‘yinning boshidan beri beshta sariq kartochka berildi. Undan ko‘ra o‘yindan oldin kelib chiqmaysanlar deyishsin, biz chiqmaymiz. Mayli men yosh murabbiyman, ko‘cha to‘la ish. Men yana bir ish topib olaman. Ammo jamoa nima qiladi? Jamoa g‘alaba qozonsa, mukofot puli olaman, bola chaqamni boqaman deb kutib yashamoqda. Hamma og‘zida gapiradi, amalda esa hech narsa yo‘q.

Hakam o‘ynashga berdimi? Har bitta vaziyat, bitta hushtak, yana hushtak. Bunday holatda qanaqa futbol bo‘lishi mumkin? Hakam o‘ynashga imkon bermasa, qanaqa futbol haqida gapirish mumkin?", — dedi Islom Ismoilov.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:24, 14.03.2021.
O'qildi: 10571 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик