Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Mirjalol Qosimov: «O‘ylashimcha, 5-6 jamoa chempionlik uchun kurashadi»

Mirjalol Qosimov: «O‘ylashimcha, 5-6 jamoa chempionlik uchun kurashadi»

Baho:
+ | -

AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov "Nasaf"ga qarshi bo‘lib o‘tgan Superliganing 2-tur bahsidan so‘ng o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Avvalambor, o‘zbek xalqini kelayotgan Navro‘z bayrami bilan jamoam va o‘zimni nomimdan tabriklayman. Bugun bir-biriga munosib ikki jamoa o‘zaro kurashdi. Ikki xil taym guvohiga aylandik. Birinchi bo‘limda "Nasaf" yaxshi harakatlandi va gol urib yana vaziyatlar yaratdi. Dastlabki taymda jamoamni o‘yini chiqmadi. Ikkinchi taymda esa aksincha, AGMK o‘yinni o‘z qo‘liga olib, bahsni nazorat qildi. Shuningdek, hisobdan kelib chiqib "Nasaf" ikkinchi bo‘limda qarshi hujumda o‘ynadi. Oxirgi 45 daqiqalikni "Nasaf"ga qaraganda yaxshiroq o‘tkazib, gol urdik. Uchrashuv haqiqatdan ham durangga mos bo‘ldi.

Shu o‘rinda jarohat olib operasiya bo‘lgan Ro‘ziqul Berdiyevga sog‘lik tilayman. Faxriylar o‘rtasidagi o‘yinda meni chaqirmagani uchun jarohat olgan (kuladi). Bu borada o‘zaro suhbatlashib, hazillashib ham oldik. Qayd etish kerak, Berdiyev o‘tgan yilgi tarkibdan ketgan 2-3 nafar futbolchilarni o‘rnini zaxirada qolgan o‘yinchilar bilan to‘ldirib, yaxshi jamoa shakllantirmoqda.

Favorit? O‘zbeklarda bir yaxshi gap bor: jo‘jani kuzda sanaymiz. Taxmin qilishni yoqtirmayman. Kim ko‘proq omadli bo‘lsa, chempionatni imkon qadar yo‘qotishlarsiz o‘tkazib, maksimal ochko to‘plasa o‘sha jamoa chempion bo‘ladi. O‘ylashimcha, 5-6 jamoa chempionlik uchun kurashadi.

Legionerlardan ko‘nglim to‘lyaptimi? Murabbiyni hech qachon ko‘ngli to‘lmaydi. Agarda murabbiyni ko‘ngli to‘lsa, unda ishlashni to‘xtatib, futboldan ketishi kerak.

Bizni aprelda "Al-G‘arafa" bilan jiddiy o‘yin kutmoqda. Maqsad guruh bosqichiga chiqish. Bizda endi chempionat boshlandi, Qatarda esa mavsumning qizg‘in pallasi. Lekin bu bahona emas. Qo‘l ostimdagi futbolchilarga ishonaman va bo‘lajak bahsga tayyorgarlik ko‘ramiz. Hammasi maydonda hal bo‘ladi. AGMK OCHL guruh bosqichiga chiqishga astoydil harakat qiladi va buni juda istamoqda.

Transfer oynasida kimni olmoqchi edigu va ololmadik? Bu sirligicha qolaversin. Endi uni kimligini oshkor etishni foydasi yo‘q. Men hozirgi mavjud tarkibdagi futbolchilarga ishonaman. Bizda ham tarkibning katta qismi o‘zgardi va o‘tgan yilgiga nisbatan 9 nafar futbolchi jamoani tark etdi. Biz imkon qadar ularni o‘rnini to‘ldirishga harakat qildik», — dedi Qosimov.

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 07:10, 15.03.2021.
O'qildi: 3936 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.