Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

YECHL. «Real» va «Man Siti» chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi

YECHL. «Real» va «Man Siti» chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 final javob bahsidan o‘rin olgan ikki o‘yin 16 mart, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

«Real» o‘z maydonida «Atalanta»ni qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Dastlab 34-daqiqada Karim Benzema hisobni ochdi. 60-daqiqaga kelib esa Serxio Ramos 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirdi. Shundan so‘ng Luis Muriel 83-daqiqada jarima zarbasidan qoyilmaqom gol kiritib, hisobni qisqartirdi. Ammo oradan ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas, Marko Asensio o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘yib bergan golni urdi: «Real» — «Atalanta» 3:1. Shu tariqa Madrid klubi ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (4:1) bergamoliklardan ustun keldi.

«Manchester Siti» va «Borussiya M» jamoalari o‘rtasidagi javob o‘yini ingliz klubining g‘alabasi bilan tugadi. «Shaharliklar»ga g‘alaba keltirgan har ikkala gol ham birinchi bo‘limda kiritildi. Gollarga Kevin de Bryuyne (12) va Ilkay Gundo‘g‘on (18) mualliflik qildi.

Shu tariqa «Real» va «Manchester Siti» Chempionlar Ligasi chorak finalining navbatdagi ishtirokchilariga aylandi.

Yevropa Chempionlar Ligasi
1/8 final, javob bahslari
«Real» Ispaniya — «Atalanta» Italiya 3:1
Gollar: 1:0 – 34 Benzema, 2:0 – 60, penalti Ramos, 2:1 – 83 Muriel, 3:1 – 84 Asensio.
«Real»: Kurtua, Mendi, Ramos (Militao, 64), Varan, Nacho, Valverde (Asensio, 82), Kroos, Vaskes, Modrich, Vinisius Junior (Rodrigo, 69), Benzema.
«Atalanta»: Sportello, Gozens (Ilichich, 57), Toloi (Palomino, 61), Gimshiti, Mele, Malinovskiy, Pessina (Kaldara, 84), Pashalich (Sapata, 46), de Ron, Romero, Muriel (Miranchuk, 84).
Ogohlantirishlar: Valverde (39), Toloi (58), Nacho (73), Kroos (77).
Dastlabki o‘yin — 1:0

«Manchester Siti» Angliya — «Borussiya M» Germaniya 2:0
Golllar: 1:0 – 12 de Bryuyne, 2:0 – 18 Gundo‘g‘on.
«Manchester Siti»: Ederson, Joau Kanselu (Zinchenko, 64), Stounz, Uoker, Ruben Diash (Laport, 70), Foden, Bernardu Silva (Aguero, 75), de Bryuyne, Gundo‘g‘on (Sterling, 70), Mahrez, Rodri (Fernandinyo, 63).
«Borussiya M»: Zommer, Ginter, Bensebayni (Vendt, 88), Elvedi (Yanchke, 88), Layner, Hofmann, Noyhaus, Zakariya, Shtindl (Traore, 80), Embolo (Volf, 65), Tyuram (Plea, 65).
Ogohlantirishlar: Joau Kanselu (55), Layner (61), Fernandinyo (82).
Dastlabki o‘yin — 2:0

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:39, 17.03.2021.
O'qildi: 3990 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик