Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano 3-2 Rasing
05/09 21:30 Xall Siti 0-0 Aston Villa
05/09 23:45 Roma 2-1 Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

O‘zbekiston Coca-Cola kubogi saralashida birinchilikning nechta klubi ishtirok etadi?

O‘zbekiston Coca-Cola kubogi saralashida birinchilikning nechta klubi ishtirok etadi?

Baho:
+ | -

18 mart kuni O‘zbekiston Coca-Cola kubogi musobaqasining saralash hamda guruh bosqichi uchrashuvlariga qur’a tashlanadi.

Avval ma’lum qilinganidek, musobaqaning guruh bosqichida 24 ta klub ishtirok etadi. Coca-Cola Superliga hamda Pro liga klublari guruh bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnashadi. Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etuvchi klub(lar) esa kubok bellashuvlariga 1/8 finaldan boshlab qo‘shiladi. Mana shu klub(lar) bo‘sh qoldirgan guruhdagi o‘rin(lar) uchun Birinchi liganing 8 jamoasi saralash bosqichi orqali kurash olib boradi.

Saralash AGMK klubining 7 aprel kungi xalqaro o‘yini natijasidan kelib chiqib, ikki yoki uch bosqichda tashkil etiladi. I bosqich o‘yinlari 28 mart kuni o‘tkaziladi va unda sakkiz jamoa qur’a yordamida to‘rt juftlik hosil qiladi. Bir uchrashuv natijasiga ko‘ra, to‘rt g‘olib klub II bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Mazkur bosqichda to‘rt klub ikki juftlik hosil qiladi va o‘yinlar 4 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

AGMK 7 aprel kuni xalqaro o‘yinda zafar quchsa, III bosqich bekor qilinadi va II bosqichning ikki g‘olib klubi «Paxtakor» va AGMK o‘rnida guruh bosqichida qatnashadi. AGMK 7 aprel kuni mag‘lub bo‘lsa, II bosqichning ikki g‘olibi 13 aprel kuni O‘zbekiston Coca-Cola kubogi guruh bosqichining bitta yo‘llanmasi uchun o‘zaro maydonga chiqadi.

O‘zbekiston Coca-Cola kubogi saralash bosqichida quyidagi klublar ishtirok etadi: «Lokomotiv-BFK», «Chig‘atoy», «Rubin», «Neftgazmontaj», «Lochin», «Zomin», «Jomboy», «G‘ijduvon». Birinchi ligada ishtirok etuvchi farm-klublar hamda hozirga qadar belgilangan talablarni bajarish orqali Birinchi ligadagi ishtirokini kafolatlab ulgurmagan klublar, kubok bellashuvlariga qo‘yilmaydi.

Manba: uzpfl.uz
Kiritildi: 20:14, 17.03.2021.
O'qildi: 2574 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик