Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Rayan Giggz hamon tergovda

Rayan Giggz hamon tergovda

Baho:
+ | -

Mart oyida Yevropadagi milliy jamoalar uchtadan o‘yin o‘tkazishni rejalashtirishgan. Uels termasi JCH-2022 saralash guruhida Belgiya va Chexiya bilan o‘ynaydi, qo‘shimchasiga, meksikaliklar bilan «o‘rtoqlik» ham bor. Mazkur uchrashuvlarni jamoa bosh murabbiy - Rayan Giggzsiz o‘tkazishga majbur, uning vazifasini yordamchisi Robert Peyj bajarishda davom etadi. O‘tgan yilning noyabridan buyon ahvol shu.

Nima bo‘lgandi?

1 noyabrda Giggz o‘z uyida qallig‘i Keyt Grevill bilan urishib qoldi. Natijada ayol yengil jarohat oldi va polisiyaga murojaat etib, shifoxonaga joylashishdan bosh tortdi. Huquq-tartibot organi xodimlari Giggzni dastlab qamoqqa olib, ke­yin garov puli evaziga qo‘yib yuborishdi. «MYU» afsonasi ayblovlarni inkor etdi.

Hozir ahvol qanday?

Giggz hamon tergovda. Mazkur jarayon 1 maygacha davom etishi kutilmoqda. Rayan ikkita modda bo‘yicha zo‘ravonlik qilganlikda ayblanmoqda.

Terma usiz nima qilyapti?

Uels jamoasining noyabrdagi o‘yinlarida Giggz qatnashmadi. Uning o‘rnini assistenti Robert Peyj egallab turibdi. Ko‘rsatkichlar quyidagicha:

* AQSH termasi bilan o‘rtoqlik o‘yinida durang (0:0).

* Millatlar Ligasining ikkita uchrashuvida g‘alaba - Irlandiya 1:0, Finlyandiya 3:1 ko‘rinishida mag‘lub etildi.

* Millatlar Ligasi guruh bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Yomon emas.

Yevro-2020 nima bo‘ladi?

Jiddiy savol. Chempionat 11 iyunda boshlanadi, 12-sanada esa Uelsni Shveysariya bilan o‘yin kutmoqda. Aftidan, Uels futbol assosiasiyasi (FAW) bir to‘xtamga kelib ulgurmagan. Daily Mail nashrining xabar berishicha, mutasaddilar hamon barcha jihatlarni ko‘zdan kechirib, optimal variantni qidirish bilan bandlar.

O‘z navbatida, FAW boshqa kadrlar masalasi bo‘yicha ham bosh qotirmoqda. Masalan, yaqinda 12 yil bosh direktor lavozimida ishlagan Jonatan Ford ketish haqida ariza yozdi - uning muddati mart oyi oxirida yakunlanadi. Ayollar termasi bosh murabbiy Jeyn Ladlou ham ketdi.

Giggzning hayotida nima gap?

2017 yili 10 yillik turmushdan so‘ng rafiqasi bilan ajrashdi. O‘sha paytdan buyon Grevill bilan uchrashib yurgandi. 2021 yilning fevralida Giggz Manchester yaqinidagi uyini sotuvga qo‘ydi: narxi 3 million funt. 2019 yilda ham xonadonini sotishga uringan, ammo xaridor topilmagandi.

X.YUSUPOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:00, 18.03.2021.
O'qildi: 5056 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.