Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

Bugun O‘zbekiston Coca-Cola kubogi guruh bosqichiga qur’a tashlanadi

Bugun O‘zbekiston Coca-Cola kubogi guruh bosqichiga qur’a tashlanadi

Baho:
+ | -

Qur’a tahminan 20:30 da, aniqrog‘i, Coca-Cola Superliga 3-turidan joy olgan AGMK — “Paxtakor” uchrashuvi yakuniga yetganidan so‘ng jonli efirga olib chiqiladi. Unda O‘zPFL mutaxassisi Zohirjon Akramxonov hamda Futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoyev ishtirok etadi.

Reglamentda ko‘rsatilganidek, musobaqaning guruh bosqichida 24 ta klub bellashadi. Ular Superliga hamda Pro liga klublari yordamida shakllantiriladi. Faqatgina Chempionlar ligasida ishtirok etuvchi klub(lar) musobaqaga 1/8 finaldan boshlab qo‘shiladi. Ularning o‘rni Birinchi liga klublari bilan saralash o‘yinlari orqali to‘ldirilishi haqida kecha ma’lumot berilgandi.

Bugungi qur’a marosimi uch bosqichda bo‘lib o‘tadi. Birinchi galda Birinchi liganing 8 ta klubi saralash o‘yinlaridagi o‘z raqiblarini bilib oladi. Keyingi galda esa guruh bosqichi ishtirokchilari o‘z raqiblarini bilib oladi. Uchinchi bo‘lib O‘zbekiston Coca-Cola kubogining final uchrashuvini o‘tkazish uchun ariza topshirgan stadionlar savatga solinadi hamda final mezboni nomiga aniqlik kiritib olinadi.

Guruh bosqichi uchun qur’ada hech qanday savatlar bo‘lmaydi. Bunda har bir jamoa har qanday raqib bilan bir guruhdan joy olishi mumkin. Har bir guruhda jami 6 ta uchrashuv tashkil etiladi. Kimning qaysi turda uyda va qaysi turda mehmonda o‘ynashi masalasi qur’a yordamida — shaffof usulda aniqlab olinadi.

Guruh bosqichi yakuniga ko‘ra har bir guruhda dastlabki ikki o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar 1/8 final ishtirokchisiga aylanadi. Shuningdek, AGMK klubining 7 aprel kungi uchrashuvidan kelib chiqib, guruhlarda eng yaxshi uchinchi natija ko‘rsatgan 2 yoki 3 klub ham 1/8 finalga qo‘shiladi.

1/8 finaldan boshlab to finalga qadar bo‘lgan pley-off juftliklariga alohida qur’a yordamida aniqlik kiritib olinadi. Bunda guruhlar peshqadamlari 1/8 finalda o‘zaro raqib bo‘lmaydi. Shuningdek, peshqadam klublar bu bosqichda “Paxtakor” (yoki AGMK) klubi bilan ham raqib sifatida to‘qnashmaydi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 13:53, 18.03.2021.
O'qildi: 2610 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.