Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Superliga. «Turon» - «Lokomotiv» o‘yinida jangovar durang

Superliga. «Turon» - «Lokomotiv» o‘yinida jangovar durang

Baho:
+ | -1

O‘zbekiston chempionatining 3-turidan o‘rin olgan dastlabki o‘yin yakuniga yetdi. Dastlabki 2ta turda mag‘lubiyatga uchragan «Turon» va «Lokomotiv» jamoalari Yaypanda to‘qnash kelishdi.

Mezbonlar o‘z muxlislari qarshisida bahsni ancha shiddat bilan boshlab, 11-daqiqaga kelib raqib darvozasiga 2ta to‘p yo‘llashdi. Jamoaning ikki goliga ikki legioner — Poyanevich va Kasminin mualliflik qilishdi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan Javohir Siddiqov 18 metrlardan aniq zarba yo‘llab, "temiryo‘lchilar"ning birinchi goliga mualliflik qildi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida "Turon" a’zosida Kasminin to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun maydondan chetlatildi va penalti belgilandi. Temurxo‘ja Abduxoliqov undan samarali foydalanib, hisobni tenglashtirdi.

Yaypanliklar bir kishi kam bo‘lib qolganiga qaramay, faol o‘ynashda davom etishdi. Hattoki ular "Loko" darvozasini ishg‘ol qilishgandi, ammo Karikari ofsaydda bo‘lgani uchun gol inobatga olinmadi.

O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqada 5-daqiqada Abduxoliqov juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Aks holda "Lokomotiv" mavsumdagi dastlabki g‘alabasini qo‘lga kiritishi mumkin.

Shu tariqa, ikki jamoa mavsumdagi dastlabki ochkosini qo‘lga kiritishdi.

Superliga, 3-tur. 18 mart, payshanba.
"Turon" - "Lokomotiv" - 2:2 (2:1)
Gollar: Dayan Ponyevich, 4 (1:0), Vladislav Kasminin, 11 (2:0) — Javohir Siddiqov, 16 (2:1), Temurxo‘ja Abduxoliqov, 69-penalti (2:2)
"Turon": 96. Islom Abdullayev, 2. Abduqahhor Xojiakbarov, 3. Davronbek Umirov, 7. Kvame Karikari, 17. Muzaffarjon Muzaffarov, 19. Vladislav Kasminin, 23. Abdurahmon Abdulhaqov, 30. Sinisha Babich, 32. Jahongir Mehmonov, 55. Dayan Ponyevich, 77. Bilolxon Toshmirzayev.
"Lokomotiv":  35. Javohir Ilyosov, 28. Shuhrat Muhammadiyev, 37. Sherzod Fayziyev, 20. Jaloliddin Jumaboyev, 22. Diyego Bardanka, 4. Dilshod Komilov, 21. G‘ulom Haydar G‘ulomov, 5. Kaxi Maxaradze, 8. Javohir Sidiqov, 17. Sanjar Qodirqulov, 11. Temurxo‘ja Abduxoliqov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:23, 18.03.2021.
O'qildi: 3235 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик