Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

MYU Ronaldu borasidagi fikrini o‘zgartirdi

MYU Ronaldu borasidagi fikrini o‘zgartirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» keyingi yozgi transfer oynasida «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma tuzmoqchi emas.

Endi klub bu variantdan voz kechdi va tarkibni kuchaytirish uchun boshqa o‘yinchilarni ko‘rib chiqmoqda.

Portugaliyalik tez orada «Yuventus»ni tark etishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlar, «Yuventus» Chempionlar Ligasining 1/8 finalida o‘z yurishini to‘xtatganidan so‘ng paydo bo‘ldi. Matbuot, 36 yoshli hujumchini Manchesterdan tashqari, Madridga qaytishi haqida ham gapirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu «Manchester Yunayted» tarkibida 2003 yildan 2009 yilgacha to‘p tepgan. Jamoa bilan birgalikda u uch marta Premyer-ligada g‘olib chiqqan, bir marta Angliya kubogi va superkubogi, ikkita Liga kubogi, Chempionlar Ligasi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ham zafar quchgan.

Uning hisobidagi beshta «Oltin to‘p»ning birinchisi ham aynan «qizil iblislar» safida o‘ynagan paytlariga to‘g‘ri keladi.

Manba: Express
Kiritildi: 23:59, 18.03.2021.
O'qildi: 8886 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик