Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 2-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 2-1 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Yevropa ligasi. Chorak va yarim final qur’asi haqida muhim ma’lumotlar

Yevropa ligasi. Chorak va yarim final qur’asi haqida muhim ma’lumotlar

Baho:
+ | -

Yevropa ligasida nimchorak final bosqichi o‘yinlari yakunlanib, chorak finalga chiqqan jamoalar aniq bo‘ldi. UYEFA bugun musobaqaning chorak final va yarim final bosqichiga qur’a tashlash marosimini o‘tkazadi. Tadbir haqida muhim ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tamiz.

Qachon va qayerda?
Qur’a tashlash marosimi 19 mart, juma kuni UYEFA qarorgohi joylashgan Shveysariyaning Nyon shahrida bo‘lib o‘tadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi (eslatib o‘tamiz, soat 16:00da YECHL qur’asi bo‘lib o‘tadi).

Ishtirokchi klublar

"Arsenal" (Angliya)
"Ayaks" (Niderlandiya)
"Vilyareal" (Ispaniya)
"Granada" (Ispaniya)
"Dinamo" Zagreb (Xorvatiya)
"Manchester Yunayted" (Angliya)
"Roma" (Italiya)
"Slaviya" (Chexiya)

Qur’a mexanizmi
Qur’a "ko‘r-ko‘rona" tamoyili asosida o‘tkaziladi. Ya’ni har qanday klub har qanday jamoa bilan to‘qnash kelishi mumkin. Jamoalar savatchalarga ajratilmaydi. Hech qanday cheklov yo‘q. Qur’ada nomi birinchi chiqqan jamoa 2-jamoa bilan juftlik hosil qiladi va dastlabki o‘yinni o‘z uyidagi o‘tkazadi.

Yarim final qur’sida esa 1dan 4gacha bo‘lgan raqamlar tortiladi va juftliklar aniq bo‘ldi. Shuningdek, finalda nominal mezbon nomini aniqlash uchun ham qur’a tashlanadi.

Musobaqa taqvimi
Yevropa ligasining chorak final, yarim final va final o‘yinlari quyidagi sanalarga belgilangan:

Chorak final
Dastlabki o‘yinlar: 8 aprel
Javob o‘yinlari: 15 aprel

Yarim final
Dastlabki o‘yinlar: 29 aprel
Javob o‘yinlari: 6 may

Final
26 may ("Arena Gdansk", Polsha)

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:32, 19.03.2021.
O'qildi: 7957 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.