Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

«Bavariya» «Real» futbolchisi bilan muzokara boshladi

«Bavariya» «Real» futbolchisi bilan muzokara boshladi

Baho:
+ | -

«Real» yarim himoyachisi Lukas Vaskes yozda jamoani tark etishi mumkin. Ispaniyalik futbolchining klub bilan shartnomasi joriy mavsum so‘nigida yakunlanadi.

"As" tarqatgan xabarga ko‘ra, madridliklar taklif qilgan yangi shartnoma Vaskesni qanoatlantirmadi. "Madrid" esa mazkur taklif shartlarini yaxshilamoqchi emas. "Qirollik klubi" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan o‘ziga Lukas kerakligini aytayotgan bo‘lsa-da, bu narsa jamoa rahbariyati qaroriga ta’sir ko‘rsatmayapti.

Rahbariyat jamoani yoshartirishni istamoqda. Ular 20 yoshli Vinisius Junior va Rodrigo Goesga ko‘proq umid qilishmoqda. Jamoada 29 yoshli Vaskesning bo‘lishi yoshlarning rivojlanishiga to‘siq bo‘ladi, deya hisoblamoqda klub.

«Bavariya» esa vaziyatdan foydalanib, Lukasni qo‘lga kiritmoqchi. Myunxenliklar u bilan muzokara boshlashdi. Hozircha tomonlar bir to‘xtamga kelishmadi, ammo shartnoma bandlari muhokama qilinmoqda. Yaqin kunlarda Vaskes "Bavariya" bilan kelishuvga erishishi kutilmoqda.

Lukas Vaskes La liganing joriy mavsumida 22ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 07:48, 24.03.2021.
O'qildi: 7020 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик