"Yuventus" bosh murabbiyi Andrea Pirlo hujumchi Krishtianu Ronaldu tez orada jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
"Biz Ronaldu bilan xayrlashish haqida o‘ylamayapmiz, u klub bilan bir yillik shartnomaga ega va bizda o‘ynashda davom etayotganidan xursandmiz. Ronaldu ajoyib mavsumni o‘tkazmoqda.
Biz bor e’tiborimizni mavsumni yakunlashga qaratganmiz, uni eng yaxshi tarzda yakunlamoqchimiz - dedi Pirlo.