"Barselona" klubi Xoland bilan shartnoma imzolay olmagan taqdirda, "Real Sosyedad" hujumchisi Aleksander Isakni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga urinib ko‘radi, deya xabar bermoqda Sport nashri.
Bosh murabbiy Kuman ham bu transferga qarshi emas.
Shvesiyalik futbolchining transferi "ko‘k-anorranglilar" uchun arzonroqqa tushadi va unga katta maosh ham to‘lanmaydi.
Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli forvard bu mavsum La Ligada 24 o‘yinda 12 ta gol urdi va 2 ta golga hammualliflik qildi.