2026 yilgi jahon chempionati yarim finalida Angliya ustidan 2:1 hisobida irodali g‘alabaga erishgan Argentina terma jamoasi futbolchilari uchrashuvdan so‘ng maydonning o‘zida hissiyotlarga boy tarzda g‘alabani nishonlashdi.
Tarqalgan videoda Lionel Messining jamoadoshlari sardorni qo‘llariga ko‘tarib, bir ovozdan: «Lionel Messi bilan yelkama-elka harakat qilsak, hamma narsaga erisha olamiz!» deya hayqirishgan. Messi esa tabassum bilan tabriklarni qabul qildi, qolgan futbolchilar esa finalga chiqqanlikni nishonlashda davom etdi.
Argentinaliklar o‘yinning so‘nggi daqiqalarida uchrashuv taqdirini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lishdi. 85-daqiqada Enso Fernandes Messining uzatmasidan keyin hisobni tenglashtirdi. 90+2-daqiqada esa Lautaro Martines sardorning navbatdagi uzatmasidan so‘ng bosh bilan gol kiritib, amaldagi jahon chempionlariga g‘alaba va final yo‘llanmasini taqdim etdi.
Endi Argentina terma jamoasi JCH-2026 finalida Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.













