Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/01 00:45 Atalanta 1-0 Roma
04/01 01:00 Espanyol 0-2 Barselona
04/01 16:30 Lasio 0-2 Napoli
04/01 17:30 Lids 1-1 Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya 0-3 Levante
04/01 19:00 Fiorentina 1-0 Cremonese
04/01 20:00 Everton 2-4 Brentford
04/01 20:00 Nyukasl 2-0 Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem 1-1 Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid 5-1 Betis
04/01 20:15 Fulhem 2-2 Liverpul
04/01 22:00 Verona 0-3 Torino
04/01 22:30 Malyorka 1-2 Jirona
04/01 22:30 Alaves 1-1 Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti 1-1 Chelsi
05/01 00:45 Inter 3-1 Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko
06/01 19:00 Piza - Komo
06/01 22:00 Lechche - Roma

Eldor Sakayev: «Stadionda bugungidek atmosfera bo‘lsa, futbolchilar ham ikki hissa kuch bilan harakat qiladi»

Eldor Sakayev: «Stadionda bugungidek atmosfera bo‘lsa, futbolchilar ham ikki hissa kuch bilan harakat qiladi»

Baho:
+ | -

Pro liga 1-turi doirasidagi «Dinamo» - «Yangiyer» (2:1) o‘yinidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Eldor Sakayev jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

«O‘yin xavfli hujumlarga boy o‘tdi. Maydonning har bir qarichi uchun kurash kechdi. Raqiblarimiz gol urgan birinchi vaziyatda xatolarimiz uchun jazolandik, ko‘p o‘tmay hisobni tenglashtirishga erishdik. Biroq so‘nggi daqiqada yana hushyorlikni yo‘qotib, himoyadagi pala-partishlikdan gol o‘tkazib o‘tkazib yubordik. Alamli mag‘lubiyat. Bu hali mavsum boshlanishi, xatolar ustida ishlaymiz.

Samarqandda o‘zim ham ishlaganman, bu yerda har doim muxlislar jamoani o‘yinni oxirigacha olg‘a boshlashadi. Bugun ham shunday bo‘ldi. Bizni ham qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizga rahmat deyman. Futbol tomoshabinlar bilan go‘zal. Stadionda bugungidek atmosfera bo‘lsa, futbolchilar ham ikki hissa kuch bilan harakat qiladi. Bugun hech kim himoyada o‘tirib olgani yo‘q, ikki jamoa ham hujumkor to‘p surib, tomoshabop o‘yin ko‘rsatdi. Har bir o‘yinda mana shunaqa jang bo‘lsa kerak.

To‘g‘ri, «Yangiyer» debyutant jamoa. Shunga qaramay, oldimizga har bir o‘yinda g‘alaba qozonish talabi qo‘yilgan. Jamoamiz xususiy klub, klubimiz prezidenti futbolni juda yaxshi ko‘radi. Har bir o‘yinda Pro ligadagi raqobatbardosh klub ekanligimizni ko‘rsatishimiz kerak.

Chindanam «Yangiyer» katta tarixga ega klub bo‘lsa-da, o‘tgan yildan boshlab yana avvalgi an’analarini tiklashga kirishgan. Klubimiz rahbari jamoa mavqeini tiklamoqchi. Bu yo‘lda barchamiz birlashib, faqat yaxshi natijalar va yuqori o‘rinlar uchun intilamiz. Oson bo‘lmasligi aniq, shunga qaramay biz kabi har bir futbolchimiz ham o‘z kuchiga ishonadi.

Usmon Ibodov yozib oldi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 15:28, 25.03.2021.
O'qildi: 2636 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.