Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza 0-1 Bolonya
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut - Brentford
04/03 00:30 Everton - Byornli
04/03 00:30 Lids - Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton - Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

«Barselona» 2 nafar niderlandiyalik futbolchi bilan 3 yillik shartnoma borasida kelishib qo‘ygani ma’lum bo‘ldi

«Barselona» 2 nafar niderlandiyalik futbolchi bilan 3 yillik shartnoma borasida kelishib qo‘ygani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Liverpul» yarim himoyachisi Jorjinyo Veynaldum va «Lion» hujumchisi Memfis Depay «Barselona»ga o‘tishga yaqin turibdi.

Diario Sport nashrining xabar qilishicha, katalon klubi yozda erkin agentga aylanadigan futbolchilar bilan dastlabki kelishuvga erishgan. Transferlar amalga oshadigan bo‘lsa, har ikki futbolchi «Barselona» bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi.

Niderlandiyalik futbolchilarni olib kelishni «Barselona» ustozi Ronald Kuman xohlamoqda.

Veynaldum va Depay «Barsa»da prezidentlik saylovlari bo‘lmasidan oldin jamoa bilan dastlabki shartnomani imzolagan.

Hozirda kelishuvlar klub direktorlar kengashi tomonidan tasdiqlansa bo‘lgani. Biroq 30 yoshli Veynaldum borasida «Barselona» rahbariyatida savollar bor. Bu transfer yosh futbolchilarning o‘yin amaliyotiga salbiy ta’sir qilmasligi muhim. Shuningdek, «Barselona» mazkur pozisiyadagi ayrim futbolchilarni (masalan, Miralem Pyanichni) sotib yuborishni maqsad qilgan.

Depay Liga 1 joriy mavsumida 30 ta o‘yin o‘tkazib, 14 gol va 9 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Veynaldum esa Premyer Ligadagi 29 o‘yinda ikkita gol urdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:40, 26.03.2021.
O'qildi: 7435 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.