Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Bunyodkor» futbol klubi akademiyasi uchun halollik-shaffoflik hamisha ustuvordir!

«Bunyodkor» futbol klubi akademiyasi uchun halollik-shaffoflik hamisha ustuvordir!

Baho:
+ | -

Kecha «Bunyodkor» akademiyasida «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi maslahatchisi – Boshqaruv apparati departamenti boshlig‘i Kamoliddin Usmonov, «Bunyodkor» futbol klubi direktori Ulug‘bek Mirzayev, «Bunyodkor» futbol klubi akademiyasi direktori Vadim Shodimatov, uning o‘rinbosari Bahodir Mahkamov hamda akademiya murabbiylari, xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda «Bunyodkor» futbol klubi akademiyasi faoliyatini yanada rivojlantirish, ish unumdorligini oshirish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Dastlab «Bunyodkor» futbol klubi direktori Ulug‘bek Mirzayev yig‘ilish qatnashchilariga kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan ma’lumot berar ekan, futbolda, ayniqsa bolalar-o‘smirlar futbolida, adolat, halollik va shaffoflik eng muhim omillar sanalishini ta’kidlab o‘tdi. «O‘zbekiston futbol assosiasiyasi so‘ngi yillarda futbolda halollik ustuvor bo‘lishligi, korrupsiya alomatlari futbolda umuman bo‘lmasligi uchun qattiq kurashib kelmoqda. Bu borada keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Hammaga ma’lumki, futbolda nopok ishlar qilib kelgan bir qancha kishilar oxirgi paytda qattiq jazolandilar. Shu bois biz, ya’ni «Bunyodkor» futbol klubi, uning akademiyasi rahbarlari va mutaxassislari bunday nojo‘ya illatlardan uzoq yurishimiz kerak. Agarda bunday holatlardan voqif bo‘lib qolsak, ularga nisbatan tezkor va keskin choralar ko‘rishimiz shart. Bugun sizlarni yig‘ishdan asosiy maqsad – akademiyamiz faoliyatini yanada rivojlantirish va uning ish unumdorligini oshirish uchun, dargohimizda o‘tkaziladigan islohotlar bo‘yicha qat’iy gaplashib olish. Sizlarga yosh futbolchilarni akademiyaga tanlab va saralab olish, bolalarni turli yig‘in va musobaqalarga olib borishda qonun buzilish holatlarining oldini olish hamda halol ishlash prinsiplariga qat’iy amal qilishingiz lozimliginiyana bir bor eslatib qo‘yishga ahd qilganmiz. Barchangizdan iltimos qilaman, mazkur masalalarga jiddiy e’tibor bering. Xabaringiz bor, o‘tgan yili bir nechta shaxslar futboldan chetlatilgan edi. Jazo shu bilan cheklangan edi. Biroq 2021 yildan boshlab qoidabuzarlar jinoiy javobgarlikka ham tortiladilar. Mazkur qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5887-son Farmonining 4-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Futbolda nopok yo‘l tutadigan, o‘z mansab va xizmat vazifalarini suiste’mol qiladigan murabbiy va mas’ul xodimlar xatti-harakatlari kelgusida Jinoyat kodeksi, Jinoyat-prosessual kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarning tegishli bandlari bo‘yicha javobgarlikka tortiladi», - deya o‘z fikrlarini bildirdi klub direktori Ulug‘bek Mirzayev.

Shundan so‘ng «Bunyodkor» futbol klubining bosh homiysi sanalmish» O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi maslahatchisi – Boshqaruv apparati departamenti boshlig‘i Kamoliddin Usmonov so‘z olib, «Bunyodkor» jamoasi nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Osiyoda o‘z nomi va o‘rniga ega klub ekanligini, shuning uchun barcha jabhada hammaga namuna bo‘lishi shartligini alohida ta’kidladi. Kamoliddin Oloviddinovich so‘zida davom etar ekan, «Bunyodkor» klubi akademiyasi Osiyo futbol konfederasiyasi tomonidan ikki yulduzli akademiyalar qatoriga kiritilganligi katta sharafligini aytib, akademiyaning barcha murabbiylari va xodimlari ushbu baland marrani har doim yuqorida ushlab turishlari darkorligi eslatib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida «Bunyodkor» futbol klubi akademiyasi faoliyatini yanada rivojlantirish hamda ish unumdorligini oshirish yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar inobatga olinib, bir nechta qarorlar qabul qilindi. Jumladan, tez kunlarda «Bunyodkor» futbol klubining Ekspertlar komissiyasi nizomi ishlab chiqilib, uning a’zoligiga nomzodlar tasdiqlanadi. Bundan buyon o‘z kasbiy faoliyatida yaqqol kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan murabbiy yoki boshqa xodimlar bilan yangi futbol mavsumi uchun mehnat shartnomalari imzolanishi lozim yo lozim emasligi aynan Ekspertlar komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, «Bunyodkor» akademiyasining bolalar jamoalari safardagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari yoki musobaqalarga borishda har bir jamoaga alohida xavfsizlik bo‘yicha ofiser biriktiriladi yoki o‘sha jamoa murabbiyi bolalarning xavfsizligi uchun javobgar etib tayinlanadi. Qolaversa, bolalar jamoalarining safardagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari yoki musobaqalarga borish jarayonlarida har gal safar xarajatlari faqat klub tomonidan qoplanadi.

«Bunyodkor» futbol klubi akademiyasi direktori Vadim Shodimatovga barcha murabbiylar, mutaxassilar va xodimlarlarga ularning funksional majburiyatlari, huquqlari bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borib, «Futbol faoliyatini himoya qilish to‘g‘risidagi deklarasiya» bilan tanishtirib, unga imzo chekilishini nazorat qilish vazifasi yuklatildi. Yakunda «Bunyodkor» futbol klubi akademiyasi faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida, «Bunyodkor» asosiy jamoasida maslahatchi murabbiy bo‘lib ishlab kelayotgan tajribali mutaxassis Yuriy Sarkisyan bundan buyon akademiya direktori Vadim Shodimatovga maslahatchilikka o‘tkazilishi belgilandi.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 22:05, 26.03.2021.
O'qildi: 3668 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.