Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barsa» futbolchisi: «"Barselona"dek jamoaga o‘tib, u yerda o‘ynamaslikni jin ursin»

«Barsa» futbolchisi: «"Barselona"dek jamoaga o‘tib, u yerda o‘ynamaslikni jin ursin»

Baho:
+ | -

Asli "Barselona"ga tegishli bo‘lgan, "Nissa" futbolchisi Jan-Kler Todibo Kataloniya klubida ko‘proq amaliyot o‘tashni xohlaganini tan oldi.

«"Barselona"dek jamoaga o‘tib, lekin o‘ynamaslikni jin ursin. Men bunday klub zaxira o‘rindig‘ida o‘tirgandan ko‘ra, Fransiyaning quyi ligalarida o‘ynashni afzal bilaman. Kataloniya klubiga o‘tish aqlbovar qilmas hodisa bo‘lgan, ammo men jamoa bila faqat 5 o‘yinda qatnashganman xolos.

Bu haqiqat emas, bu soxtalik. Men 2019 yilda Ispaniya chempioni bo‘ldim, ammo jamoaga yordam bermadim. O‘ylashimcha, men jamoa bilan birga ko‘proq narsalarga qodir edim», - deydi fransiyalik futbolchi.

Todibo "Barselona"ga 2019 yilning yanvarida "Tuluza"dan 1 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan. Fransuz futbolchisining Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2023 yil yozigacha amal qiladi.

Ushbu mavsumda Todibo Liga 1 doirasida 7 uchrashuv o‘tkazgan.

Manba: RMC Sport
Kiritildi: 13:14, 28.03.2021.
O'qildi: 7654 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.