Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Serbiya — Portugaliya o‘yinida Krishtianu Ronalduning golini hisobga olmagan hakam xatosi uchun uzr so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Serbiya — Portugaliya o‘yinida Krishtianu Ronalduning golini hisobga olmagan hakam xatosi uchun uzr so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush JCH—2022 saralashi 2-turi doirasida o‘tkazilgan Serbiyaga qarshi o‘yindagi (2:2) bahsli holatga o‘z munosabatini bildirdi.

"Men natijani tushuntirib berolmayman. Serb jamoasini yaxshi o‘rganib chiqdik. Biz ular bilan qanday o‘ynashni bilardik, buni birinchi bo‘limda namoyish ham etdik. Biz uchrashuv paytida ularning o‘zgarishi mumkinligini bilar edik va shunga moslashishimiz lozim edi. Serblar ikkinchi bo‘limni yaxshi boshladi va gol urdi. Shundan so‘ng raqib hisobni tenglashtirdi, ammo biz to‘xtab qolmadik va yana vaziyatlar yaratdik.

Agar Ronalduning goli hisoblanganida, adolatdan bo‘lar edi. Albatta, bu bizning yetarli darajada yaxshi o‘ynay olmaganimizni qoplay olmaydi. Ammo agar to‘p darvozaga kirdimi, demak u hisoblanishi kerak. O‘yin oxirida hakam nima bo‘lganini ko‘rdi va xatoga yo‘l qo‘ygani uchun yonimga kelib, uzr so‘radi", — dedi Fernandu Santush.

Eslatib o‘tamiz, Serbiya — Portugaliya o‘yinining ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Krishtianu Ronalduning zarbasi darvoza chizig‘ini kesib o‘tdi. Ammo uchrashuvni boshqarib borgan niderlandiyalik hakamlar golni inobatga olmadi. Ushbu bahsda VAR va golni aniqlash tizimidan foydalanilmadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:08, 28.03.2021.
O'qildi: 6652 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик