Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/04 00:00 Barselona 4-2 Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya 2-2 Real Madrid
02/05 20:30 Iroq - Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi - Tottenhem

Transfer narxi juda tez o‘sgan futbolchilar

Transfer narxi juda tez o‘sgan futbolchilar

Baho:
+ | -

Yevropaning yirik nashrlari so‘nggi mavsumlardagi eng yaxshi o‘yinchilarini aniqlanmoqda. Oxirgi kunlarda eng ko‘p muhokama qilingan mavzulardan biri Ronaldu, Messi va Eden Azar kabi futbolchilarning narxi pasayib ketishi bo‘lmoqda. "Yuventus" Krishtianuni 25 million Yevro evaziga sotib yuborishi mumkinligini e’lon qilgan bo‘lsa, Messinin transfer ko‘rsatgichi 40 millionga tushishi haqida mish-mishlar tarqaldi. Hozir esa biz sizlar bilan bularning teskarisi. Ya’ni oxirgi yillar davomida narxi juda tez sur’atda o‘sgan futbolchilar haqida suhbatlashamiz. Demak boshladik.

Edmond Tapsoba

Klub: "Bayer"

Transfer narxi: 40 million yevro (+35,5 million)

2020 yil yanvar oyida Tapsoba "Bayer"ga "Vitoriya Gimarayesh"dan kelib qo‘shildi. O‘shanda bir futbolchining transfer qiymati 4,5 million yevroni tashkil qilgan. Endi 21 yoshli himoyachi 40 million yevroga baholanmoqda. "Bayer"ning sobiq murabbiyi Piter Bosh Burkina-Fasodan kelgan yosh futbolchiga jiddiy ravishda e’tibor qaratdi. Shuning uchun har bir uchrashuvda maydonga tushirishga harakat qildi. Germaniya klubi safiga o‘tganidan so‘ng, Tapsoba tezda asosiy tarkib futbolchisiga aylandi va aytish mumkinki, jamoaning haqiqiy qahramoniga aylandi. O‘tgan mavsumda yosh himoyachi ishtirok etgan 14 uchrashuvning 12 tasida "dorichilar" g‘alaba qozonishdi.

Bukayo Saka

Klub: "Arsenal"

Transfer narxi: 60 million yevro (+47 million)

"Arsenal" jamoasi tarbiyalanuvchilari hisoblangan Saka, hozirgi kunda "kononirlar"ning almashtirib bo‘lmaydigan futbolchisi hisoblanadi. "To‘pchilar" ko‘p hollarda, akademiyasining o‘yinchilariga imkoniyat bermas edi. Ammo, Bukayo bunday bo‘lib chiqmadi. 2019 yilning iyulida "Arsenal" ning asosiy jamoasi safida debyutini o‘tkazgan yosh futbolchi tez o‘sa boshladi. Endi 21 yoshli himoyachi Mikel Artetning birinchi raqamli futbolchilaridan birdir. Yosh ingliz tajribali Kolashinasni tajribali asosiy tarkibdan siqib chiqarishni uddaladi. Saka "Arsenal" safida endi o‘yin o‘tkazishni boshlagan paytlarida, uning narxi 13 millon yevroga baholanayotgan edi. Ammo, ikki mavsumdan song, tezda bu ko‘rsatkich 60 millonga yetdi.

Alessandro Bastone

Klub: "Inter"

Transfer narxi: 55 million yevro (+32 million)

Hozirda yosh himoyachilar katta obro‘ga ega va Bastone ulardan biri. 2019 yil yozida ijaradan qaytgan futbolchi "Inter"da mushaklari bilan bog‘liq jarohat tufayli, muntazam ravishda maydonga tusha olmadi. Ammo ushbu mavsumda 21 yoshli italiyalik allaqachon Antonio Konte jamoasida asosiy tarkib tayanch o‘yinchisiga aylangan. Mutaxassis mudofaaga alohida e’tibor beradi. Shuning uchun Bastonega juda katta ishonch bildiradi. Alessanadro ham murabbiy ishonchini oqlash uchun, bor kuchi bilan harakat qilmoqda. Joriy mavsumda "Inter" A Seriyada faqat 3 uchrashuvda mag‘lub bo‘lgan. Qiziq tomoni shundaki, ushbu uchrashuvlarning bittasida Alessandro maydonga tushmagan. Bundan 1,5 yil muqaddam Bastonening transfer narxi 23 million yevroga baholangan, ammo hozirgi kunga kelib, uning bozor summasi 55 millionni tashkil qiladi.


Jovanni Reyna

Klub: "Borussiya D"

Transfer Narxi: 38 million evro (+38 million)

"Borussiya" yosh futbolchilarni tarbiyalash bo‘yicha juda mashhur akademiyaga ega. Reyna ham tezda yetuk futbolchiga aylangan yosh o‘yinchilaridan biri hisoblanadi. 19 yoshli hujumkor yarim himoyachi 2020 yil yanvaridan buyon "asalari"ning asosiy tarkibida o‘ynamoqda. O‘sha paytlarda futbolchi hech qanday transfer qiymatiga ega emas edi. Amerikalik futbolchi hozirgacha Dortmund klubi tarkibida 43ta o‘yin o‘tkazishga va 7ta gol urishga, hamda 8ta golli pas oshirishga muvaffaq bo‘ldi. "Borussiya"ning asosiy tarkibidagi o‘yinchiga aylangandan keyin, futbolchiga AQSH terma jamoasiga qo‘ng‘iroqlar kela boshladi. Hozirga qadar Reyna o‘z mamlakatining asosiy jamoasi tarkibida atigi 2ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa-da, 1ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Meyson Grinvud

Klub: "Manchester Yunayted"

Transfer narxi: 50 million yevro (+30 million)

Grinvud "Manchester Yunayted"dagi ikkinchi yilini asosiy tarkib futbolchisi sifatida o‘tkazmoqda. So‘nggi mavsumda ingliz futbolchisi Premer-liganing 31-uchrashuvida 10 ta gol va 1 ta golli pas oshirib, jamoaning eng yaxshi o‘yinchilaridan biriga aylandi. Ammo futbolchining ushbu mavsumda "ketmoni uchmayapti". Sababi hozirgi kungacha 19 uchrashuvda, bor yo‘g‘i 1 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishni uddalagan. Bundan tashqari, yigit intizom bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda. Islandiyadagi janjalni esga oling. Shunga qaramay, "mankunianlar" o‘z futbolchisiga ishonishda davom etmoqda.

Fil Foden

Klub: "Manchester Siti"

Transfer narxi: 70 million evro (+40 million)

Ayni paytda "Manchester Siti"ning asosiy tarkibidagi ikki futbolchi o‘z tarbiyalanvchisi hisoblanadi Bular Fil Foden va Erik Garsiya. Mazkur futbolchilar yosh bo‘lishiga qaramay, "shaharliklar"ning asosiy futbolchisi hisoblanadi. Ammo ularning biri, yani Garsiya "Siti" bilan shartnomasini uzaytirishni xohlamadi. Lekin, Angliya jamoasi Fodenga katta umid bog‘lashgan. Xosep Gvardiola ham futbolchiga ishonch bildirib, deyarli barcha uchrashuvlarda dastlabki daqiqalardan maydonga tushurdi. Futbolchi ham ishonchni oqlash uchun, bor kuchi bilan harakat qilmoqda. Fil hozirgacha, "shaharliklar" safida 22 uchrashuvda 6 gol urib, 5 golga asisitlik qilgan. Qolaversa, Yevropa Chempionlar Ligasida ham 8 uchrashuvda maydonga tushib, 1 golga mualliflik qilgan. Albatta, bu yarim himoyachi uchun yaxshi ko‘rsatgich hisoblanadi. Bundan 1,5 yil avval, Fodenning transfer narxi 30 millonga baholangan edi, lekin hozirga kelib bu ko‘rsatgich ancha ko‘tarilgan. Ayni damda Filning narxi 70 millon yevroga baholangan.


Bruno Fernandesh

Klub: "Manchester Yunayted"

Bozor qiymati: 90 million evro (+30 million)

2020 yil yanvar oyida "Manchester Yunayted" Bruno Fernandeshni "Sporting"dan bonuslarni hisobga olmaganda 55 million yevroga sotib oldi. Ushbu miqdorning balandligiga qaramay, ko‘pchilik muxlislar Brunoning "mankunianlar" yetakchisiga aylanishiga ishonishmagan edi. Ammo, ularning aytganini teskarisi bo‘ldi, ya’ni hozirda Fernandesh APLda yetakchi futbolchilardan biri hisoblanadi. Bruno uchun moslashish tushunchasi umuman mavjud emas. 1-mavsumning o‘zida Premer-liga uchrashuvlarida yorqin o‘yinllar namoyish etishni boshladi va jamoani g‘alaba qozonishiga yordam berdi. Ko‘p jihatdan uning yordami bilan "Manchester Yunayted" o‘tgan mavsum oxirida kuchli to‘rtlikdan joy oldi va Chempionlar Ligasiga qaytdi. Joriy mavsumda ham Fernandesh yaxshi natija qayd etmoqda. Hozirgacha 29 uchrashuvda maydonga tushib, 16 golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Chempionlar Ligasida ham 4 uchrashuvda, 2 gol urishga erishgan edi, ammo uning gollari jamoasiga guruhdan chiqishga yordam bermadi.


Ansu Fati

Klub: "Barselona"

Transfer narxi: 80 million yevro (+40 million)

"Barselona" so‘nggi yillarda ko‘plab tarbiyalanuvchilarini sotib yubordi. Agar tasodifan Ernesto Valverde uni asosiy tarkibga jalb qilmaganda, ehtimol Fatini ham ushbu taqdir kutib turgan bo‘lishi mumkin edi. Hujumdagi yetakchi futbolchilar ketma-ket jarohatlar olganligi sababli, mutaxassis akademiyada yangi kuch chaqirishdan boshqa iloji qolmadi. Murabbiyning tanlovi o‘sha paytdagi 17 yoshli vinger bo‘lib, Ansu avval "Osasuna" va keyin "Valensiya" darvozasini ishg‘ol qildi. Shundan so‘ng, Fati asosiy tarkibda muntazam ravishda maydonda harakat qilishni boshladi. Shu kungacha ispaniyalik futbolchi "ko‘k-anorranglilar" safida 43 o‘yin o‘tkazgan, 13 gol va 5 golli uzatmani amalga oshirgan. Ammo Fatining jarohati joriy mavsumda unga halaqit qildi. 2020 yil oxirrog‘ida jarohat olgan futbolchi, haligacha maydonga qaytmadi. Yaqinda chiqqan yangiliklarga ko‘ra, Ansu uchun ushbu mavsum yakunlandi. Chunki, uning jarohati tuzalmadi va yana jarrohlik stoliga yotadi.

Alfonso Devis

Klub: "Bavariya"

Transfer narxi: 80 million evro (+55 million)

Devisning "nemis mashinasi" tarkibida tushishi kutilmagan bo‘lgan. "Bavariya"ning asosiy tarkibidagi o‘yinchiga aylanib ulgurgan yosh himoyachi jamoadagi kadrlar muammosi tufayli deyarli har bir uchrashuvda 90 daqiqa o‘ynashga majbur bo‘ldi. Ammo kanadalik futbolchi, maydonga tushgan uchrashuvlarida o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi va har bir uchrashuvda maksimal tarzda o‘zini ko‘rsatishga harakat qildi. barbod bo‘lmadi. O‘tgan mavsum oxiriga kelib, Devis himoyaning chap qanotini to‘lig‘icha o‘ziniki qilib oldi. 20 yoshli himoyachi ushbu mavsumda jarohati tufayli juda ko‘p o‘yinlarni o‘tkazib yuborgan, ammo hozir "Bavariya"ning asosiy tarkibidagi o‘rnini qaytarib oldi. Himoyachining transfer narxi bir mavsum avval 25 million yevroni tashkil qilardi, lekin hozirda ushbu ko‘rsatgich 80 millonni tashkil qiladi. Juda katta o‘sish bo‘lgan.


Erling Holland

Klub: Borussiya D

Bozor qiymati: 110 million yevro (+65 million)

2020 yil yanvar oyida "Borussiya" Holandni "RB Zalsburg"dan 20 million yevroga sotib oldi. "Asalari" safida gol urish mashinasiga aylangan norvegiyalik futbolchining o‘sha paytda transfer summasi ancha past eyedi. Ammo hozirga kelib, bu ko‘rsatgich juda o‘sishga erishgan. O‘tgan mavsumda davomida 20 yoshli hujumchi nemis klubi tarkibida 33ta o‘yin o‘tkazdi va 33ta gol urdi. "Real"ning futbolchiga nigohini qaratgan bejiz emas. Garchi "Borussiya" hali futbolchi bilan xayrlashmoqchi bo‘lmasa-da, lekin jiddiy taklif bo‘lsa ko‘rib chiqishimi e’lon qildi. Futbolchi 2020 yilda Golden Boy mukofotini qo‘lga kiritdi , ehtimol bu yosh yigitning karerasidagi mukofot olish davri boshlangandir?!

 


Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:00, 28.03.2021.
O'qildi: 9298 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.