Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Bugungi raqibimiz: Iroq terma jamoasi

Bugungi raqibimiz: Iroq terma jamoasi

Baho:
+ | -

Iroqni xalqaro futbol musobaqalarida himoya qiladi va Iroq futbol assosiasiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Bu jamoa Osiyo kubogi g‘olibi hisoblanadi (2007).

Iroq futboli 1970-1980 yillarda gullab-yashnagan. Xususan, mazkur jamoa 1986 yilgi jahon chempionatiga yo‘l oldi va Olimpiya o‘yin-larida uch marta - Moskva, Los-Anjeles va Seuldagi musobaqalarda qatnashdi. Shuningdek, iroqlik futbolchilar 1982 yilda Osiyo o‘yinlaridagi futbol musobaqasida g‘olib bo‘lishdi, 4 marta Arab xalqlari kubogini qo‘lga kiritishdi, 1985 yilda Iroqning ikkinchi milliy terma jamoasi Pan Arab o‘yinlarida g‘olib bo‘ldi. Osiyo kubogida Iroq 1976 yilda to‘rtinchi o‘rinni egalladi va 1996 yilgacha ushbu turnirda qatnashmadi.

Fors ko‘rfazidagi urushdan keyin Iroq Osiyo o‘yinlari va ko‘plab arab futboli musobaqalaridan chetlashtirildi, ammo keyinchalik 1994 yilgi jahon chempionatiga chiqish uchun kurashni davom ettirdi. 1996 yilga kelib Iroq terma jamoasi FIFA reytingida 139-o‘rinni egalladi, bu o‘z tarixidagi eng past ko‘rsatkichdir. Shunga qaramay, jamoa ba’zida individual uchrashuvlarda jiddiy natijalarga erishdi. Jumladan: 1993 yil 28 oktyabrda Iroq termasi Doxada Yaponiya milliy jamoasi bilan 2:2 hisobida durang o‘ynab, qo‘shimcha daqiqalarda gol urdi va shu tariqa yaponlarni jahon chempionatiga chiptasiz qoldirdi.

Iroqdagi notinch vaziyatga qaramay, mamlakat termasi xalqaro turnirlarda yaxshi natijalar qayd etib kelmoqda. 2004 yilda jamoa futbol bo‘yicha Osiyo kubogi chorak finaliga chiqdi (1996 va 2000 yillarda ham mazkur turnirda qatnashgan), 2004 yilgi Yozgi Olimpiya o‘yin-lariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Afinada Iroq futbolchilari Portugaliya, Kosta-Rika va Avstraliya olimpiya termalarini mag‘lubiyatga uchratishdi va yakunda «bronza» uchun kechgan bahs-da Italiya termasiga yutqazishdi - 0:1.

Bundan tashqari, Iroq terma jamoasi halol o‘yin uchun FIFA mukofotiga sazovor bo‘ldi. 2004 yil oxirida jamoa Osiyo futbol konfederasiyasi tomonidan «Yilning eng yaxshi jamoasi» deb topildi. 2005 yilda Iroq termasi G‘arbiy Osiyo o‘yinlari oltin medallarini qo‘lga kiritdi. 2006 yilda Iroq olimpiya termasi Osiyo o‘yinlarida kumush medallarga sazovor bo‘ldi. 2007 yilda Iroq milliy jamoasi futbol bo‘yicha Osiyo kubogi sohibiga aylandi va yana OFKda «Yilning eng yaxshi jamoasi», nufuzli «Al-Axram» nashri talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi arab jamoasi va dunyoning eng yaxshi jamoasi deb topildi. Jamoa shuningdek, Asturiya shahzodasi gumanitar mukofotiga nomzod bo‘lgan.

Osiyo kubogini yutish natijasida Iroq termasi 2009 yilda Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tgan Konfederasiyalar kubogida qatnashdi va u yerda guruh bosqichidan o‘tolmadi.

IROQ TERMASI («Mesopotamiya sherlari»)

OFK a’zosi

Bosh murabbiy: Srechko Katanes (Sloveniya)

Jamoa sardori: Yunis Mahmud

Eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi: Husayn Said (126)

Eng yaxshi to‘purar: Husayn Said (63)

FIFA reytingi: 69 - (2021 yil 18 fevral)

Eng yuqori ko‘rsatkich: 39 (2004 yil oktyabr)

Eng past ko‘rsatkich: 139 (1996 yil iyul)

FIFA kodi: IRQ

Ilk o‘yini:

Marokash - Iroq - 3:3

(Livan; 1957 yil 19 oktyabr)

Eng yirik g‘alabasi:

Iroq - Bahrayn - 10:1

(Bag‘dod, Iroq; 1966 yil 5 aprel)

Eng yirik mag‘lubiyati:

GDR - Iroq - 5:0

(Yena, Germaniya Demokratik Respublikasi; 1970 yil 26 iyul)

Jahon chempionatidagi ishtiroki:

1 marta (birinchisi - 1986 yilda)

1986 yil - 1-raund

Osiyo kubogidagi ishtiroki:

9 marta (birinchisi - 1972 yilda)

2007 yili chempion bo‘lgan.

XURSHIDBEK tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:00, 29.03.2021.
O'qildi: 3945 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.