Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Ilhom Mo‘minjonov: «Hoshimov va Roziyevning kelajagi porloq»

Ilhom Mo‘minjonov: «Hoshimov va Roziyevning kelajagi porloq»

Baho:
+ | -

"Neftchi" bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov "Yangiyer"ga qarshi o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi va quyidagicha fikr bildirdi.

"Bugungi g‘alaba bilan jamoamiz yigitlarini tabriklayman. Ular bugun murabbiylar shtabi tomonidan berilgan ko‘rsatmalarni a’lo darajada bajarishdi. Uzoq demasdan Farg‘onadan yetib kelib bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga g‘alabamizni  bag‘ishlaymiz.

O‘tkan o‘yinda "Olimpik" bilan durang o‘ynadik. Balki o‘yinni ham yirik hisobda yutsak bo‘lardi. Zaxiradan ko‘nglimiz to‘lmagandi. Bugun guvohi bo‘lganlaringdek, zaxira futbolchilari o‘yinni hal qilishdi. Sherzod Karimov ikkita golli uzatma berdi, bugun u maydonda o‘zining har tomonlama mahoratini namoyish etdi. Umuman aytganda bugun asosiy tarkib va zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan barcha futbolchilardan ko‘nglim to‘ldi. Bugungi shijoatli o‘yin uchun futbolchilarimizga rahmat aytaman.

Bugungi  o‘yin haqida murabbiylar shtabi bilan tahlil qilib chiqqandik. "Yangiyer" Samarqandda ham agressiv o‘yin ko‘rsatgan. "Yangiyer" yaxshi jamoa ekan. To‘p nazoratini to‘g‘ri amalga oshirganimiz evaziga g‘alaba qozondik.

Bu yilgi PRO-Ligada o‘ylashimcha barcha jamoalarning imkoniyati bir xil. "Buxoro", "Dinamo" va "Olimpik" jamoalari Superliga yo‘llanmasi uchun jiddiy kurash olib borishsa kerak. Chunki ularda nomdor murabbiylar va sifatli futbolchilar bor. Yana "Oq-tepa" ham yaxshi jamoa, "Xorazm" mana uyda g‘alabaga erishdi. Navbatdagi turda "Istiqlol" bilan o‘ynaymiz, ular ham Superliga uchun kurashishni maqsad qilgan. Bu o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz.

Ulug‘bek Hoshimov va Ruslan Roziyev 18 va 20 yoshli yigitlar. O‘tkan mavsumda bu futbolchilar "Paxtakor" yoshlarida asosiy tarkib o‘yinchilari bo‘lishgan. Bu yigitlarda shijoati zo‘r, bugun  Hoshimov chiroyli gol urdi. Bu yigitlar o‘sishda davom etishsa kelajakda terma jamoada ham o‘ynashadi.

Qizil  kartochkadan so‘ng futbolchilar shoshib qolishdi. Keyinroq o‘yinni to‘laligicha nazoratga olishdi. Shundan so‘ng ikkinchi va uchinchi gollar yuzaga keldi", — dedi Mo‘minjonov.

"Neftchi" matbuot xizmati

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 19:51, 29.03.2021.
O'qildi: 2299 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.