Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti 5-1 Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona 4-2 Barselona
04/05 22:00 Mets 2-3 Renn
04/05 23:45 Sassuolo 1-0 Inter
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion

Yevropani ag‘dar-to‘ntar qilayotgan AQSHlik futbolchilar

Yevropani ag‘dar-to‘ntar qilayotgan AQSHlik futbolchilar

Baho:
+ | -

AQSHda ham futbol yildan-yilga ommalashib bormoqda. Deyarli har yili MLSdan kamida bir futbolchi Yevropa chempionatlaridan biriga ko‘chib o‘tmoqda. Albatta, bu ligani ommalashtiradi va rivojlanishiga yordam beradi. Keling, ushbu mavzuga batafsil to‘xtalamiz. Hozir biz sizlar bilan Yevropada o‘ynayotgan AQSHlik futbolchilar haqida suhbatlashamiz.

 

Serjinyo Dest

Yoshi: 20

Pozisiya: himoyachi

Klub: "Barselona"

"Barselona"ga yangi kelgan futbolchi Amerikaning biron bir klubida o‘ynamagan. Sababi, Dest Gollandiyada tug‘ilgan va futbolga ilk qadamlarini ham, aynan lolalar yurtida qo‘ygan. Ammo, "Barsa" himoyachisining otasi AQSH fuqorosi hisoblanadi. Shuning uchun ham Serjinyo terma jamoada o‘ynashga kelganda, ota yurtini tanlashga qaror qilgan. Yosh himoyachi hozirgacha o‘z mamlakatining asosiy jamoasi tarkibida 5ta o‘yin o‘tkazgan, ammo hali o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga ulgurmadi.

Dest klubdagi faoliyatini "Ayaks" bilan boshlagan. Himoyachi sakkiz yil davomida Gollandiya poytaxti jamoasi safida to‘p surgan. Serjinyo "Ayaks" asosiy tarkibida 38 uchrashuv o‘tkazdi, 2 gol urdi va 6 golga uzatmani amalga oshirgan. 2020 yilning oktyabr oyida Dest 21 million yevro evaziga "Barselona"ga ko‘chib o‘tdi. Amerikalik futbolchi Kataloniya klubi tarkibida 22ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, 2 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol qilgan va 1 golli pas bergan. Hozir Ispaniyada Serjinyoning iste’dodi va mahoratiga yuqori baho berilmoqda.

Kristian Pulishich

Yoshi: 22

Pozisiya: yarim himoyachi

Klub: "Chelsi"

Pulisich Yevropaga ketishdan oldin, AQSH klubida o‘ynashga muvaffaq bo‘lgan. Kristian MLSning "Michigan Rash", "Pi Ey Klassiks" kabi jamoalar tarkibida to‘p tepgan. Futbolchi ushbu vatanini 2015 yil fevral oyida tark etgan, shundan so‘ng u erkin agent sifatida "Borussiya Dortmund" klubiga o‘tgan. U yerda amerikalik Germaniya klubining U-17, keyinchalik esa asosiy jamoasi safida to‘p surgan. Amerikalik futbolchi "Borussiya"da 127ta o‘yin o‘tkazib, 19ta gol urgan va 26ta golli pas berishga erishgan.

2019 yilning yanvarida Kristian "Chelsi" tarkibiga 64 million yevro evaziga borib qo‘shildi. "Ko‘klar"ning sobiq ustozi Frenk Lempard futbolchiga juda katta umid bog‘lagan edi, ammo angliyalik mutaxasis futbolchi bilan katta muvaffaqiiyatga erisha olmadi. Biroz muddat amerikalik futbolchi jarohatlar tufayli bir qancha muddat maydonga tusha olmadi, ammo hozirda futbolchi deyarli maydonda to‘liq harakat qilmoqda. Pulishich Amerika terma jamoasining eng yorqin vakillaridan biridir. Bugungi kunga qadar vinger AQSH terma jamoasi safida 36ta o‘yin o‘tkazgan va 15ta gol urgan. Shubhasiz, Kristianing kelajagi juda ham porloq

Jovanni Reyna

Yoshi: 18

Pozisiya: yarim himoyachi

Klub: "Borussiya D"

Reyna AQSHning Yevropadagi eng umidli futbolchilaridan biridir. Yigitcha hozirda atigi 18 yoshda, ammo u allaqachon "Borussiya Dortmund"ning asosiy o‘yinchilaridan biri hisoblanadi. Bilasiz, Germaniya klubi doimiy ravishda Bundesliga chempionligi uchun kurashadigan va Chempionlar Ligasida muntazam qatnashadigan jamoa hisoblanadi. Jovanni faoliyatini "Nyu-York Siti" jamoasida boshlagan. Ammo, futbolchi bolalik klubi safida bitta ham uchrashuvda maydonga tushmagan va 2019 yilning iyulida erkin agent sifatida "Borussiya" safiga ko‘chib o‘tgan. Shundan so‘ng, hozirgacha mazkur jamoa sharafini himoya qilib kelmoqda.

Reynani Dortmundda juda ham hurmat qilishadi. 2020 yilda "arilar" jamoasi Jovanni bilan shartnomani 5 yilga uzaytirdi. Bu shuni anglatadiki, Nemis jamoasi uzoq vaqt davomida futbolchini o‘zida olib qolmoqchi. Bu esa o‘z navbatida Jovanni uchun AQSH terma jamoasiga yo‘l ochib beradi. Shunisi e’tiborga loyiqki, Reyna o‘z mamlakatining asosiy jamoasi tarkibidagi debyutini, o‘tgan yilning 12 noyabrda o‘tkazgan. Hozirgacha AQSH bosh jamoasi safida, 4 uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol urishga erishgan. Bundesligada ham yarim himoyachi muntazam ravishda samarali harakatlari bilan ajralib turadi. Amerikalik futbolchini allaqachon Yevropaning top-klublari, shu jumladan Madridning "Real" jamoasi kuzatmoqda. Ammo, Reynaning o‘zini aytishicha, u hozircha dortmundliklar safida qolmoqchi.

 

Ueston Makkenni

Yoshi: 22

Pozisiyasi: yarim himoyachi

Klub: "Yuventus"

Makkenni - Amerikaning "Dallas" jamoasi akademiyasining futbolchisi hisoblanadi. Ueston umrining 7 yilini mazkur jamoa bazasida o‘tkazgan. Ammo shuncha vaqt davomida yarim himoyachi Texasning asosiy jamoasi safida bitta ham uchrashuvda maydonga tushmagan. Shunga qaramay, yosh yarim himoyachi Yevropada ko‘zga tashlandi. 2016 yil iyul oyida Makkenni Germaniyaning "Shalke" klubiga erkin agent sifatida qo‘shildi. Nemis klubi akademiyada bir mavsum to‘p surgan o‘yinchi, ikkinchi mavsumdan "Shalke"ning asosiy jamoasida o‘ynagan. Amerikalik Germaniya klubi tarkibida 91ta o‘yin o‘tkazib, 5ta gol urgan va 7ta golli uzatma bergan.

2020/21 yilgi mavsum boshlanishidan oldin,"Yuventus" Makkenni sotib olish sharti bilan ijaraga oldi. Futbolchi Turin klubi safida ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. Shuningdek, futbolchi "Shalke"ni ayni inqiroz paytida tark etgani yaxshi bo‘lgan. Ehtimol, Germaniyada qolganda, yarim himoyachi o‘sishdan to‘xtagan bo‘larmidi?! Italiyada unga yangi imkoniyatlar ochilgan va murabbiy Andrea Pirlo muntazam ravishda amerikalikka o‘yin amaliyotini taqdim etib kelmoqda. "Yuventus"da Makkennida rivojlanish va taraqqiyot uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Bundan tashqari, Ueston AQSH terma jamoasi a’zosi ham hisoblanadi. O‘zining milliy jamoasi safida yarim himoyachi 21ta o‘yin o‘tkazib, 6ta gol urgan.

Yunus Muso

Yoshi: 17

Pozisiya: o‘ng qanot yarim himoyachisi

Klub: "Valensiya"

Musa ushbu reytingning eng yosh vakili. Yigit hali 18 yoshda ham emas, lekin futbolchi allaqachon "Valensiya"ning asosiy futbolchisi hisoblanadi. Yunusning tarjimai holi juda qiziqarli. Futbolchi Nyu-Yorkda tug‘ilgan, lekin bolaligida Italiyaga ko‘chib o‘tgan va u yerda futbol o‘ynashni boshlagan. 2012 yilda vinger Angliyaga yo‘l oladi. Tumanli Albionda Londonning "Arsenal" akademiyasiga qabul qilindi. "Kanonirlar" asosiy tarkibida hech qachon bitta ham o‘yin o‘tkazmagan amerikalik 2020 yil 1 avgustda erkin agent sifatida Ispaniyaga yo‘l oladi va "Valensiya" bilan shartnoma imzolaydi.

Joriy 2020 yil  Yunusning faoliyatidagi eng yaxshi yil bo‘ldi desak adashmaymiz. Birinchidan, o‘sha mavsumda o‘zining birinchi debyutini o‘tkazdi. Ikkinchidan, professional ligadagi birinchi golini urdi. Uchinchidan, 2020 yilda u AQSH terma jamoasi tarkibida debyut qildi. Bu yigit rivojlanish uchun katta imkoniyatlarga va katta imkoniyatlarga ega. Yunus 17 yoshida dunyoning eng yaxshi jamoalariga qarshi o‘ynamoqda: "Barselona", "Atletiko", "Real". Agar Musa astoydil ishlashda davom etsa va murabbiyining ishonchini oqlasa, uning kelajagi porloq bo‘ladi. Bunga shubha yo‘q.

 


Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:16, 30.03.2021.
O'qildi: 7297 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.