Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

JCH-2022 saralash. Ronaldu gol urgan o‘yinda Portugaliya g‘alaba qozondi, Turkiya g‘alabani qo‘ldan chiqardi

JCH-2022 saralash. Ronaldu gol urgan o‘yinda Portugaliya g‘alaba qozondi, Turkiya g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Baho:
+ | -

Yevropa mintaqasida JCH—2022 saralashi 3-turi doirasidagi bir qator uchrashuvlar 30 mart, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

"A" guruhidan o‘rin olgan o‘yinda Portugaliya Lyuksemburg maydoniga safar qildi va 3:1 hisobidagi g‘alabani qayd etdi. Krishtianu Ronaldu, Diogu Jota va Joau Palinyaning gollariga mezbonlar Jerson Rodrigeshning yagona goli bilan javob qaytardi. Guruhda Portugaliya 7 ochko peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, Lyuksemburg 3 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.

Belgiya o‘z maydonida Belarusni qabul qilib, yirik g‘alabani tantana qildi. Belgiya safida Mishi Batshuayi, Hans Vanaken (dubl), Leandro Trossard (dubl), Jeremi Doku, Dennis Prat, Kristian Benteke kabi o‘yinchilar o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. Shu tariqa o‘yin 8:0 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Belgiya 3-turdan keyin 7 ochko bilan "E" guruhida peshqadamlik qilmoqda. Belarus esa (3) 4-o‘rinda bormoqda.

Niderlandiya mehmonda Gibraltar darvozasiga javobsiz 7 ta to‘p kiritdi. Gollar Stiven Bergyoys, Lyuk de Yong, Memfis Depay (dubl), Jorjinyo Veynaldum, Doniell Malen va Donni van de Bek hisobiga yozildi. Niderlandiya "G" guruhida 2-o‘rindan joy egallagan, birorta ham ochko ololmagan Gibraltar esa so‘nggi, 6-o‘rinda bormoqda.

"H" guruhidan o‘rin olgan o‘yinda Rossiya mehmonda Slovakiyaga 2:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Mezbonlar safida Milan Shkrinyar va Robert Mak gol urgan bo‘lsa, ruslarning yagona javob goli Mario Fernandes hisobiga yozildi. Jamoalar guruhda 6 (Rossiya) va 5 (Slovakiya) ochko jamg‘argan holda 2 hamda 3-o‘rinlarni egallab turibdi.

Xorvatiya esa Maltadan 3:0 hisobida ustun keldi. Gollarga Ivan Perishich, Luka Modrich va Yosip Brekalo muallif bo‘ldi. Xorvartlar ushbu g‘alabadan so‘ng 6 ochko bilan guruh peshqadamiga aylanib oldi.

Dastlabki 2ta turdi kuchli raqiblar ustidan yirik hisobda g‘alaba qozongan Turkiya terma jamoasi, kutilmaganda, o‘z maydonida Latviya bilan durang o‘ynadi. Turklar o‘yin davomida ikkita to‘p farqi bilan oldinda bora turib, so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqarishdi — 3:3.

JCH—2022 saralash bosqichi, 3-tur
30 mart, seshanba
Lyuksemburg – Portugaliya 1:3
Gollar: 10 – 30 Rodrigesh, 1:1 – 45 Diogu Jota, 1:2 – 50 Ronaldu, 1:3 – 80 Palinya.

Belgiya – Belarus 8:0
Gollar: 1:0 – 14 Batshuayi, 2:0 – 17 Vanaken, 3:0 – 38 Trossard, 4:0 – 42 Doku, 5:0 – 49 Prat, 6:0 – 70 Benteke, 7:0 – 75 Trossard, 8:0 – 89 Vanaken.

Gibraltar – Niderlandiya 0:7
Gollar: 0:1 – 41 Bergeys, 0:2 – 55 de Yong, 0:3 – 61 Depay, 0:4 – 62 Veynaldum, 0:5 – 64 Malen, 0:6 – 85 van de Bek, 0:7 – 88 Depay.

Slovakiya – Rossiya 2:1
Gollar: 1:0 – 38 Shkrinyar, 1:1 – 71 Fernandes, 2:1 – 74 Mak.

Chernogoriya – Norvegiya 0:1
Gol: 0:1 – 35 Syorlot.

Turkiya – Latviya 3:3
Gollar: 1:0 – 2 Karaman, 2:0 – 33 Chalxono‘g‘lu, 2:1 – 35 Savalniyeks, 3:1 – 52, penalti Yilmaz, 3:2 – 58 Uldrikis, 3:3 – 79 Ikauniyeks.

Uels – Chexiya 1:0
Gol: 1:0 – 81 Jeyms.

Ozarbayjon – Serbiya 1:2
Gollar: 0:1 – 16 Mitrovich, 1:1 – 59, penalti Mahmudov, 1:2 – 81 Mitrovich.

Kipr – Sloveniya 1:0
Gol: 1:0 – 42 Pittas.

Xorvatiya – Malta 3:0
Gollar: 1:0 – 62 Perishich, 2:0 – 76, penalti Modrich, 3:0 – 90 Brekalo.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:40, 31.03.2021.
O'qildi: 5074 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.