Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ulug‘bek Baqoyev: «Raqib penaltidan gol ura olmagach, g‘alabaga bo‘lgan ishonch paydo bo‘ldi»

Ulug‘bek Baqoyev: «Raqib penaltidan gol ura olmagach, g‘alabaga bo‘lgan ishonch paydo bo‘ldi»

Baho:
+ | -

"So‘g‘diyona" — "Surxon" (2:1) uchrashuvidan so‘ng jizzaxliklar ustozi Ulug‘bek Baqoyev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Bu futbol, unda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Kimda g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq kuchli bo‘lsa, o‘sha jamoa yutadi. Dastlab penaltidan gol o‘tkazib yubordik. Hisobni tenglashtirganimizdan so‘ng yana darvozamizga penalti belgilandi. Raqib yuzaga kelgan vaziyatdan foydalana olmagandan so‘ng yigitlarda g‘alabaga bo‘lgan ishonch paydo bo‘ldi. Bugungi o‘yin uchun jamoamiz futbolchilariga minnatdorchilik bildiraman. Futbolda gol urgan yutadi. Muxlislar ham bugungi o‘yinni tomosha qilib zavqlanishdi deb o‘ylayman, ularni g‘alaba bilan tabriklayman.

— Keyingi o‘yinda «Bunyodkor» bilan o‘ynaysizlar. Shu o‘yin haqida nimalarni ayta olasiz?
— Ochig‘ini aytsam, bugungi g‘alabadan so‘ng o‘zimga kelib ulgurganim yo‘q. «Bunyodkor»ga qarshi o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz.

— Bugungi o‘yinda «So‘g‘diyona» darvozasiga ikki bor penalti belgilandi. Bu holatga «Turon» bilan bo‘lgan o‘yindagi hakamlikning ta’siri bor deb o‘ylaysizmi?
— Hakamlar qarorini muhokama qilishga haqqim yo‘q. Bunga tegishlicha hakamlar qo‘mitasi baho beradi. Biz keyingi o‘yinga tayyorgarlikni davom ettiramiz.

Manba: https://t.me/fcsogdianajizzak
Kiritildi: 23:11, 01.04.2021.
O'qildi: 3782 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик