"Roma" klubi futbolchisi Stefan El-SHaaravi mushak shikastlanishi tufayli 15 kunga safdan chiqqanligi haqida xabar berilmoqda.
Futbolchi A Seriyaning 29-turidan o‘rin olgan "Sassuolo"ga qarshi uchrashuvda jarohat oldi. Tibbiy хulosalar shuni ko‘rsatadiki, futbolchi ikki hafta davomida o‘z jamoasiga yordam bera olmaydi.
Shuningdek, El-SHaaravi Yevropa Ligasi doirasidagi "Ayaks"ga qarshi 2 ta bahsni ham o‘tkazib yuboradi.