Italiyada «Yuventus» bosh murabbiy Andrea Pirloni iste’foga chiqarishi mumkinligi haqida xabar urchimoqda.
Turinliklar Italiya chempionatining 3-turi doirasidagi qoldirilgan o‘yinda «Napoli»ga yutqazishsa, rahbariyat Pirlo bilan xayrlashadi. Mazkur bahs 7 aprel, chorshanba oqshomida bo‘lib o‘tadi.
Mavsum oxiriga qadar "Yuve" bosh murabbiyi vazifasi Pirloning yordamchisi Igor Tudorga yuklatilishi mumkin.