Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza 0-1 Bolonya
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut - Brentford
04/03 00:30 Everton - Byornli
04/03 00:30 Lids - Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton - Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

Kuman: «Barselona» o‘z o‘yinini namoyish eta olmadi»

Kuman: «Barselona» o‘z o‘yinini namoyish eta olmadi»

Baho:
+1 | -

«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman Ispaniya chempionatining 29-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Valyadolid»ga qarshi o‘yin (1:0) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Birinchi bo‘limda yetarlicha vaziyat yarata olmadik. Yaxshi pressing qilmadik. Jamoa o‘yin boshidanoq horg‘in ko‘rindi. Shuning uchun o‘yinni nazorat qila olmadik. Ikkinchi bo‘limda sxemani o‘zgartirganimiz uchun yaxshiroq harakat qila boshladik.

Qiyin o‘yin o‘tkazdik, jamoa o‘z saviyasidan olisda bo‘ldi. «Valyadolid» himoyada zo‘r o‘ynadi. Ammo biz g‘alabaga haqli edik. Jamoa qiyin o‘yinda ham g‘alaba qozona olishi mumkinligini isbotladi.

Uchrashuv so‘ngida omadimiz keldi. Ikkinchi taymda xotirjam edim, birinchi bo‘limda ko‘proq hayajonlandim. Chunki jamoa so‘nggi o‘yinlar bilan taqqoslaganda boshqacha bo‘lib qolganini ko‘rdim. Ikkinchi taymda o‘yinni kuchaytirdik, vaziyatlar yaratdik. Yomon o‘ynab ham g‘alaba qozonish mumkinligini jamoa ko‘rsatdi.

Hayotda omadli va omadsiz kunlar bo‘ladi. «Barselona» murabbiyi ekanim — omadim kelganidan darak. Uch ochko uchun kurashgan jamoaning xarakterini e’tirof etish lozim», – dedi Kuman.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 06:22, 06.04.2021.
O'qildi: 3438 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.