"Manchester Siti" klubi hujumchisi Serxio Aguero yozda klubni tark etishi ma’lum bo‘lib ulgurgan.
Jurnalist Fabrisio Romanoning xabar berishicha, argentinalik forvardga faqat "Barselona" va PSJ jamoalari tomonidan taklif kelib tushgan. Qolgan klublardan esa hali rasmiy taklif bo‘lganicha yo‘q.
32 yoshli hujumchining rejasi esa ikki mavsum Yevropada o‘ynab, so‘ngra argentinaning "Independyente" klubiga qaytish.