Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Davron Fayziyev: «Buxorodan tashrif buyurgan muxlislarimizga katta rahmat»

Davron Fayziyev: «Buxorodan tashrif buyurgan muxlislarimizga katta rahmat»

Baho:
+ | -

"Buxoro" klubi bosh murabbiyi Davron Fayziyev Pro-liganing 3-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Olimpik" klubiga qarshi o‘yin (2:0) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
 
"Avvalambor, «Olimpik» jamoasi rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman, tashkiliy ishlar hamda sifatli maydonda to‘p surishga shart sharoit yaratib berishgani uchun.

O‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsam, bugungi bahsga o‘ta jiddiy tayyorgarlik olib borgan edik. «Olimpik» yaxshi shakllanayotgan yoshlardan iborat jamoa, murabbiyi ham zamonaviy fikrlaydigan yaxshi mutaxasis hisoblanadi. Ammo har bir jamoa o‘z oldiga g‘alabani maqsad qilib qo‘ygan bo‘ladi, bizning ham o‘ylagan rejalarimiz amalga oshdi. O‘ylaymanki, bugungi bahs, barchaga manzur bo‘ldi. Qolaversa, bizni yolg‘izlatib qo‘ymaslik uchun Buxoroi sharifdan tashrif buyurgan muxlislarimizga katta rahmat deb qolaman. Ularning qo‘llab-quvatlashini biz har doim his qilib turamiz. G‘uzor, Olmaliq va mana bugun Toshkentda ham biz bilan birga bo‘lishdi. Bugungi g‘alabani muxlislarimizga bag‘ishlaymaiz", — dedi Davron Fayziyev.

Manba: https://t.me/buxoropfc
Kiritildi: 19:42, 06.04.2021.
O'qildi: 2209 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик