Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid - Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend - Arsenal

Hakim Fuzaylov: «Dinamo» yutgan bo‘lsa-da, ochig‘i o‘yindan qoniqmadim»

Hakim Fuzaylov: «Dinamo» yutgan bo‘lsa-da, ochig‘i o‘yindan qoniqmadim»

Baho:
+ | -

Pro liga 3-turi doirasidagi «Dinamo» - «Orol» (3:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov o‘yin borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bugun juda ko‘p golli vaziyatlar yaratdik, lekin imkoniyatlardan foydalanishda xatolar ham ko‘p bo‘ldi. Vaziyatlarni tahlil qilamiz, buncha imkoniyatlardan foydalanmaslik keyinchalik qimmatga tushishi mumkin. Raqib ham yaxshi jamoa edi. Chempionatda kuchsiz klubning, oson o‘yinning o‘zi yo‘q. Pro ligada tengkuchli jamoalar yig‘ilgan. Shu bois o‘yinlar shiddatli o‘tmoqda.

Hamroyev o‘rniga Rahmatov? Bu o‘zgarish jarohat bilan bog‘liq emas. Darvozabonning jamoadagi birinchi rasmiy o‘yini edi, ehtimol bu ruhiyat bilan bog‘liqdir. Xatolar uchragani uchun o‘zgarish qildim. Ochig‘i, g‘alaba qozongan bo‘lsak-da, bugungi o‘yindan qoniqish qiyin. Juda ko‘p vaziyatlardan foydalana olmadik, o‘yin yakuni bunaqa «validolli» bo‘lmasligi kerak edi. Intrigaga o‘rin qoldirmaslik lozim edi.

Oleg Marchuk? Bugun u ikkita gol urdi. U 23 yoshda, o‘yindan-o‘yinga o‘sib borishi lozim. Uning o‘yini ochilyapti, chunki yangi muhitga moslashmoqda.

Shoxruh Abdurahmonov yoshlar jamoasi safidan yaxshi holatda qaytib keldi, u tezroq maydonga tushishni xohlagandi. Albatta, Shoxruhning safga qaytishi ham  jamoamiz o‘yinida bilindi.

Keyingi turda «Xorazm»ga qarshi maydonga tushamiz. Avval ham aytgandim, Pro ligada barcha klublarning kuchi deyarli teng. Yaqqol favoritning o‘zi yo‘q. «Xorazm»ga qarshi o‘yin qiyin bo‘ladi. Urganchdagi o‘yinda sun’iy maydonda o‘ynaymiz. Bu ham qo‘shimcha qiyinchilik tug‘diradi. Shunga qaramay, navbatdagi bahsga jamoamiz bilan yaxshi tayyorgarlik ko‘rishga harakat qilamiz, - deydi Hakim Qayumovich.

Ma’lumot uchun, «Dinamo» ketma-ket 3-g‘alabadan keyin turnir jadvalida maksimal 9 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 20:15, 06.04.2021.
O'qildi: 1884 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик