«Bavariya» forvardi Tomas Myuller kecha Chempionlar ligasi PSJga qarshi o‘yinda gol urdi.
U bu natijasi orqali musobaqa to‘purarlari ro‘yxatida Zlatan hamda Shevchenkoga yetib oldi (48 gol). Musobaqa tarixida nemis futbolchisidan oldinda quyidagi o‘yinchilar bormoqda:
Alfredo Di Stefano (49 gol), Tyerri Anri (50), Ruud Van Nistelrooy (56), Karim Benzema (70), Raul Gonsales (71), Robert Levandovski (73), Lionel Messi (120) hamda Krishtianu Ronaldu (134).