Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Namangan viloyati IIB «Navbahor» — «Paxtakor» uchrashuvidan keyingi tartibsizliklar yuzasidan rasmiy bayonot berdi

Namangan viloyati IIB «Navbahor» — «Paxtakor» uchrashuvidan keyingi tartibsizliklar yuzasidan rasmiy bayonot berdi

Baho:
+1 | -

Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi Superliga 5-turi doirasida 7 aprel kuni bo‘lib o‘tgan «Navbahor» — «Paxtakor» uchrashuvidan (1:2) keyingi tartibsizliklar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Namangan viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, hakamlar, «Paxtakor» o‘yinchilari va mehmonlar fan-klubining 35 nafar a’zosi nazorat ostida Namangan shahridan kuzatib qo‘yilgan.

«O‘yin yakunlangach, e’tiroz bildirayotgan tomoshabinlarga tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilib, tarqatish choralari ko‘rildi.

Hakam, mehmon o‘yinchilar va «Paxtakor» fan-klubining 35 nafar a’zosi nazorat ostida Namangan shahridan kuzatib qo‘yildi.

Mazkur uchrashuv davomida jamoat tartibi to‘liq saqlanib, fuqarolar orasida hech qanday talafot yoki tan jarohat olish holatlariga yo‘l qo‘yilmadi.

Tomoshabinlar orasida faol e’tiroz bildirib, boshqalarga ta’sir o‘tkazmoqchi bo‘lgan 2 nafar futbol ishqibozi ajratib olindi va Davlatobod tuman IIBga olib kelinib, shaxsiga aniqlik kiritildi hamda tushuntirish ishlari olib borildi.

Xizmat mobaynida jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan huquqni muhofaza qiluvchi barcha idoralar shaxsiy tarkibi orasida hech qanday tan jarohat olish holatlariga yo‘l qo‘yilmadi», — deyiladi bayonotda.

Ma’lumot uchun, o‘yin yakunlanib borayotgan bir vaqtda uchrashuv bosh hakami Firdavs Norsafarov videotakrorlardan keyin «Navbahor» darvozasi tomon penalti belgiladi. 11 metrlik jarima zarbasini Dragan Cheran golga aylantirdi va bu orqali «Paxtakor»ning g‘alabasini ta’minladi. Hakamning bu qarori stadionga yig‘ilgan namanganlik muxlislarni junbishga keltirdi.

Tomoshabinlar o‘yin yakunlangach hakam va «Paxtakor» futbolchilari tomon turli buyumlarni uloqtirdi. Bundan tashqari stadion atrofida minglab ishqibozlar to‘planib, o‘z noroziligini namoyish qildi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:26, 08.04.2021.
O'qildi: 5660 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.