Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

«Navbahor» - «Paxtakor» o‘yinida penalti to‘g‘ri belgilandimi?

«Navbahor» - «Paxtakor» o‘yinida penalti to‘g‘ri belgilandimi?

Baho:
+-1 | -7

Kechagi “Navbahor” – “Paxtakor” o‘yinidan keyingi janjallar, mezbon muxlislarning noroziligini tabiiy deb bilsam-da, tushuna olmayman, qo‘shilmayman. O‘sha palladagi hissiyotlarni tushunishga urinish ham ortiqcha, ammo xolis aql bilan, o‘yinning ertasiga, hakamning “Paxtakor”ga yon bosgani, xato qilgani, mezbonlarni sindirgani haqidagi gaplar o‘rinsiz. Hatto prezidentga murojaat qilayotgan muxlislar ham chiqyapti.

Umuman, penalti o‘yin oxirida bo‘ladimi, boshidami, kayfiyatga qay darajada ta’sir qiladi, bu tarzda fikrlash xato. Hakam uchun qoida buzilishining borligi yoki yo‘qligi muhim. To‘g‘ri, statistikada so‘nggi daqiqalarda penalti belgilanishi kam. Sababi, o‘sha pallada hakamlar yanada extiyotkorroq bo‘lishadi. Xato qilinsa, bu qaror o‘yin taqdirini hal qilishini, narigi taraf vaziyatni o‘nglash, masalan hisobni tenglashtirishga vaqti bo‘lmasligini yaxshi tushunishadi. Shuning uchun ko‘pincha, bosimdan qochishadi.

Lekin kecha VAR bor edi. Menimcha, takroriy vaziyat ko‘rsatdi – kontakt ham, penalti ham bor edi. Hakam vaziyatni aniq ko‘rdi va baholadi. Hakam qaror berishda “Paxtakor”ning bosimi ostida emasdi, nazarimda. Hozirgi “Paxtakor”ni men har bir o‘yinda hakamlarga bosim qiladigan bir necha yil oldingisiga qiyoslay olmayman. Shundoq ham, boshqalardan ancha kuchli jamoa, Namanganda, mavsum boshida ochko yo‘qotish ular uchun u qadar fojea ham bo‘lmasdi.

Aksincha, “Navbahor” va uning muxlislarining bosimi ostida edi. Agar hakam penalti belgilamaganda, nazarimda, “Paxtakor” hech qanday janjal chiqarmas, 1:1 hisobida tinchgina o‘yin yakunlanardi. So‘nggi daqiqalardagi penalti esa, mezbonlar tomonidan katta noroziliklarga sabab bo‘lishi ma’lum edi.

Ya’ni hakam bosimga qarshi borib bo‘lsa-da, xolis qaror chiqara oldi.  Buning uchun uni maqtash kerak.

Qahramon ASLANOV.

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 17:32, 08.04.2021.
O'qildi: 10078 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.