Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/02 18:45 Nasaf 1-1 Ash-Shorta
09/02 18:45 Al-Vahda 0-0 Al-Ahli (SA)
09/02 21:00 Duhayl 1-1 Sharja
09/02 21:00 Shabab al-Ahli 0-0 Al-Hilol
10/02 21:00 Traktor - As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod - Al-G‘arafa

MYU 22 yoshli xavbek uchun taklif yuborish ustida ishlamoqda

MYU 22 yoshli xavbek uchun taklif yuborish ustida ishlamoqda

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» «Vest Xem» yarim himoyachisi Deklan Rays transferiga Jessi Lingardni ham qo‘shish variantini o‘rganib chiqmoqda, deya xabar berdi The Athletic.

Mankunianliklar ustozi Ole-Gunnar Sulsherning shaxsan o‘zi angliyalik tayanch yarim himoyachining xizmatlariga qiziqmoqda. Raysni Nemanya Matichga uzoq muddatli o‘rinbosar sifatida ko‘rishayotgani oydinlashdi.

Ehtimoliy transferning bir qismiga aylanishi mumkin bo‘lgan va hozirda «bolg‘achilar» safida ijarada o‘ynayotgan Lingard APLning 8 o‘yinida 6 gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Mazkur holat muzokara jarayonini yengil o‘tishini ta’minlab berishi mumkin.

Angliya terma jamoasida 15 o‘yin o‘tkazgan Rays joriy mavsum londonliklar tarkibida APLning 29 bahsida maydonga tushib, bittadan gol va assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Manba: The Athletic
Kiritildi: 16:51, 09.04.2021.
O'qildi: 5530 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.