Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Baxtiyor Ashurmatov «mo‘jiza-gol»ga munosabat bildirdi

Baxtiyor Ashurmatov «mo‘jiza-gol»ga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Superliganing 5— turidan o‘rin olgan  “Mash’al” – “Qo‘qon— 1912”  o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida qo‘qonliklar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

—   Birinchi golga fikringizni bildirsangiz.
—   Gapning ochig‘i, buni mo‘’jizaga qiyoslash mumkin. Qayta— qayta ko‘rgandan keyin ham aniqlashtirish qiyin bo‘lyapti. Hozir yana takroran ko‘rganimizda to‘p tashqi tomondan kirganga o‘xshayapti. O‘yin paytida xulosa chiqarish qiyin edi. O‘sha vaziyatda futbolchimiz ham gol bo‘ldi, deb hisobladi. Goldan keyin mezbonlar e’tiroz bildirishdi. Ammo atayin o‘z darvozamizdan gol o‘tkazib yuborish noto‘g‘ri bo‘lardi. Mana, endi takroran o‘sha golni ko‘rib chiqyapmiz. Yana qaytaraman, bu kabi golni mo‘’jizaga qiyoslash mumkin. Yigitlarimiz bugun o‘z mehnatlari bilan g‘alabaga mos o‘yin ko‘rsatishdi. O‘ylaymanki, haqqoniy g‘alabaga erishdik.

—   Zarba bergan Meliyev edi. U gol deyaptimi?
—   O‘yin paytida undan so‘raganimda gol dedi. O‘zim birinchi bor ko‘rganimda ham golga o‘xshab tuyuldi. Buni yana ko‘rib chiqamiz. Birgina o‘sha golga to‘xtalib olishimiz ham noto‘g‘ri bo‘ladi. Hakam o‘sha vaziyatda tezkor qaror chiqarishi kerak edi, balki adashgandir. Biz buni telefon orqali ko‘rgandik. Endi kattaroq ekranda ko‘ramiz. Lekin darvoza setkasi butun bo‘lsa, qanday qilib to‘p kirib ketgani ham hayron qoladigan vaziyat. O‘ylaymanki, bu holat uchun jamoamiz aybdor emas. Futbolchilarimiz o‘z ishini qilishdi, halol futbol o‘ynashdi va halol mehnat qilishdi. Agar bu xato orqali gol bo‘lgan bo‘lsa, unda “Mash’al” jamoasiga achinaman va ularga keyingi o‘yinlarda omad tilayman. Baribir bugun o‘yin bo‘yicha jamoamiz kuchliroq edi.

—   Qanot hakami va Mo‘min Meliyevga necha bahodan qo‘ygan bo‘lardingiz?
—   Meliyevga bugungi o‘yini uchun besh baho qo‘yaman. Qanot hakamiga baho qo‘yish mening zimmamga kirmaydi. Chunki men o‘z futbolchilarimning o‘yini, kamchiliklari va jamoamiz natijasiga javob beraman. Bugun muxlislarimiz shuncha yo‘l bosib kelishdi. O‘yindan avval yigitlarimizga uchta durangdan keyin bugun g‘alaba qozonishimiz muhimligini ta’kidladim. “Mash’al” mehnatkash va oxirigacha kurashadigan jamoa. Ko‘plab o‘yinchilari ketgan bo‘lishiga qaramay, har bir jamoaga muammo tug‘diradi. Bizning maqsadimiz muxlislarni g‘alaba bilan xursand qilish edi va bunga mos o‘ynadik. Agar o‘sha birinchi gol xato tufayli kiritilganiga 100 foiz ishonchim komil bo‘lganida, balki feyr— pleyga amal qilib, o‘z darvozamizdan gol o‘tkazib, o‘yinni 1:1 dan davom ettirishimiz mumkin edi. Lekin boshqalar o‘sha vaziyatni takror— takror ko‘rib kelib, menga aytishyapti, ammo men kimnidir gapiga ishonib xulosa chiqarishim qiyin edi. Noto‘g‘ri gol urilgan bo‘lsa ham yigitlarimizning mehnatini kamaytirmasligi kerak. Futbolchilarimga minnatdorchilik bildiraman, ular katta hajmdagi ishni bajarishdi.

—   O‘sha gol urilgan paytda Xomyakov bilan Vaniyev oldingizga kelib o‘z fikrlarini aytishdi. O‘shanda nimalar deyishdi?
—   O‘zimizni o‘zaro gapimiz. Avvaliga Xomyakov qizishib gol o‘tkazib yuboringlar, degandek gapirdi. Ammo kimnidir gapiga ishonib, qanday xulosaga kelishim mumkin edi? Agar atayin gol o‘tkazsak, bu ham yana ortiqcha gap— so‘zlarga imkon yaratib berardi. Shu bois o‘shanda qandaydir aniq qaror chiqarishim qiyin edi. Agarda o‘yinchimiz simulyasiya qilib atayin penalti ishlaganida men unga feyr— pleyga amal qilishini aytib, gol urmagin degan bo‘lardim. Ammo meni Xomyakov tushundi. “Mash’al” rahbari Ilhom Qurbonov ham bizga e’tiroz bildirmadi. O‘sha holatda yana qaytaraman, aniq qarorga kelishim oson emasdi. Muxlislarning gap— so‘zlaridan qaror chiqara olmasdim. Hakamga baho berishni iltimos qilyapsizlar, ammo qo‘mita bor, ular ko‘rib chiqishadi. Xato qilgan bo‘lsa, shunga yarasha jazosini oladi. Biz murabbiylar va futbolchilarga o‘xshab hakamlar ham xatolarini kamaytirishi va o‘z ustida ishlashlari kerak. Shunda O‘zbekiston futboli rivojlanadi.

—   Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o‘yinni kuchaytirishdi. Bu oldindan o‘ylagan rejamidi?
—   Mehmonda o‘ynab turganimizni hisobga olib, bitta hujumchini tushirishga qaror qildik. Nimaga Mo‘min Meliyev? U bir necha yillar davomida “Mash’al”da o‘ynagan. Uni sobiq klubi va muxlislariga mehri baland. Meliyevda imkoniyat bo‘ladi va gol uradi, degan umid bor edi. Ha, gol kiritdi, ammo bu qanday urilgani endi ikkinchi masala. U yaxshi hajmdagi ishni bajardi. Shoxnazar Norbekovni zaxirada qoldirganimizni sababi avvalo biz mehmonda o‘ynaganimizdir. Qolaversa, oxirgi paytlarda unda golli vaziyatlar kam bo‘layotgandi. Shu bois uni zaxiradan maydonga tushirdik va bu o‘zini oqladi. Yakuba Bambani asosiy tarkibda tushirsak pasayish bo‘lyapti, zaxiradan qo‘shsak o‘yinni kuchaytiryapti. Ikkinchi o‘yindirki, zaxiradan tushgan yigitlar o‘yinimizni kuchaytirishyapti. “Mash’al” jamoasi va murabbiylariga omad tilayman. Muxlislari ham bizdan xafa bo‘lishmadi, degan umiddaman.

Kiritildi: 08:20, 10.04.2021.
O'qildi: 5976 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.