Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Peres 2025 - yilgacha Madridda. Yangi «Real» qanday bo‘ladi?

Peres 2025 - yilgacha Madridda. Yangi «Real» qanday bo‘ladi?

Baho:
+ | -

Florentino Peres 2025-yilgacha Madridning "Real" klubi prezidenti bo‘lib qoladi, chunki undan boshqa hech kim saylovda ishtirok etish uchun kerakli hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim etmagan. Shunday qilib, Florentino Peres Madrid klubini yana to‘rt yil boshqaradi.
Peres jami 18 yil davomida "Real"da prezidentlik qilgan. Ushbu vaqt davomida "Qirollik klubi" nafaqat Ispaniyada, balki butun Yevropada qo‘lga kiritmagan sovrini qolmadi. Musobaqalardagi muvaffaqiyat iqtisodiy daromad bo‘yicha birinchi jamoaga aylandi.

Futbol va basketbol klubilaridagi muvaffaqiyatli davr

Florentino qo‘l ostida Madrid jamoasi qo‘lga kiritgan 26 musobaqada g‘alaba qozongan. Peresning amaldagi prezidentlik yillarida qo‘lga kiritgan 6ta Chempionlar Ligasi kubogi uning naqadar ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yganini ko‘rsatadi. Qolaversa, "qaymoqranglilar" Peres qo‘l ostida besh marta Yevropaning eng yaxshi jamoasiga aylanganligin ham aytib o‘tish zarur.
Bundan tashqari, "Real Madrid" basketbol jamoasi prezidenti hisoblanadigan Florentino mazkur jamoa bilan o‘tgan yillar davomida 21 titulni qo‘lga kiritgan. Bu ham Peresning mehnatlari desak mubolag‘a bo‘lmas, chamamizda.

 

Tomoshabinlarning tribunalarga qaytishi.

Ushbu yangi prezidentlik davrida hal qilinishi kerak bo‘lgan asosiy muammo, pandemiya tufayli futbol boshdan kechirgan noxushlikdan keyin iqtisodiy barqarorlikka erishishdan boshqa narsa emas. Ushbu qiyinchilikdan chiqib ketishda madridliklarning oldida yo‘llar ko‘p, shu jumladan tomoshabinlarni tribunalarga qaytarish orqali "Qirollik klubi" yana transfer bozorida faol bo‘lishni boshlashi mumkin.

Yangilanayotgan "Santiago Bernabeu" ko‘pchilikni hayratga solishni boshlagan, ammo klub transfer siyosati stadionni yangilash xarajatlari bilan bog‘liq degan adolatsizdir. Shuningdek, Madrid jamoasi prezidenti Yevropa futboli jamoalarning iqtisodiy kelajagini kafolatlaydigan o‘zgarishga muhtojligini ommaviy ravishda tan oldi.

Birinchidan, transfer bozorida Florentino Peres "Real" yana bir bor transfer bozoridagi asosiy jamoaga aylanishi kerakligini tushunadi va bu borada ikki nom ko‘proq e’tiborni tortmoqda: Kilian Mbappe va Erling Holand. Peres 2000 - yildagi, yoki Ronaldu, Kaka, Benzema xarid qilingan 2009 - yildagidek yangi Galaktiko tuzishni maqsad qilmoqda.

Madridliklar katta o‘zgarishlarni amalga oshirish, ba’zi strategiyalarni yangilash va yana muxlislarni jalb qiladigan jamoaga aylanish vaqti kelganini bilishadi. Hozir Zinedin Zidanning jamoasi Chempionlar Ligasi va La Liga uchun kurashayotganini hisobga olsak, g‘alati tuyuladi, ammo "qaymoqranglilar" yechinish xonasi yosh va yangi futbolchiga muhtojligini sezish qiyin emas. 

Kilian Mbappe eng ustuvor maqsad

Mbappe - bu "Real" o‘z oldiga qo‘ygan eng ustuvor maqsad, garchi g‘alati tuyulsa-da shuni aytishimiz mumkinki, Kilian bilan oson shartnoma tuzish mumkin. Chunki, fransiyalik futbolchi PSJning shartnomani uzaytirish bo‘yicha takliflarini e’tiborsiz qoldirishda davom etmoqda, bu esa jahon chempionining Madridga kelishini osonlashtirishi mumkin.

"PSJ"ning amaldagi futbolchisi o‘zini jamoaning yetakchisi kabi his qilishni xohlamoqda. Bu Parijda yaqin yillar ichida imkonsizdek ko‘rinadi. Mbappe 2017 yilda "PSJ"ga o‘tishga qaror qilganidan beri, "qaymoqranglilar" rahbariyati futbolchining asosiy da’vogarlaridan biri hisoblanib keladi. Futbolchining o‘zi ham Madridga kelishga qarshilik bildirmayapti. Shundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, "Bernabeu" eshiklari Mbappe uchun doimo ochiq. Florentino Peres hamon Qatardan qo‘ng‘iroq va hujumchi transferga qo‘yilgani to‘g‘risida xabarni kutmoqda. Agar, ushbu holatlar ro‘y bersa, biz yaqin oylar ichida fransiyalik iqtidorni "Real" safida ko‘rishimiz mumkin.

Erling Holandni sotib olish ehtimoli kamroq

Holandga kelsak, uning shartnomasiga pandemiya ta’sir ko‘rsatgan. Norvegiyalik "Borussiya"ga 2020 - yilning yanvarida ko‘chib o‘tgan va u yerda 2022 - yilgacha qolishi kutilgandi. Nemis klubi hanuz norvegiyalik uchun narx belgilamadi, ammo ushbu holat sodir bo‘lgudek bo‘lsa, birinchi navbatda "Real" varianti ko‘rib chiqilishi haqida ko‘pgina OAV xabar bergan.

Ikkala futbolchi ham klubning yosh iste’dodlarni jalb qilish siyosatiga mos keladi va agar iqtisodiy vaziyat imkon bersa, madridliklar ikkisini ham sotib olishi mumkin. To‘sqinlik qiladigan narsa - bu ish haqi, ammo bu borada allaqachon ish olib borilmoqda. Vaziyatni kuzatib boramiz...  Florentino Peres norvegiyalik hujumchini Madridga to‘liq mos kelishini tushunib turibdi, ammo futbolchi uchun boshqa klublar raqobatlashsa, prezident klubning iqtisodiy barqarorligini xavf ostiga qoldirishi mumkin.

Alaba, Ramos, Lukas Vaskes ... va Zinedin Zidan

Kun tartibida boshqa futbolchilar ham bor, masalan, pandemiya tufayli o‘tishi to‘xtab qolganlardan biri Eduardo Kamavinga. Ammo virus bilan bog‘liq vaziyat David Alaba bilan holatiga ta’sir qilmadi, uning o‘tishi ertami-kechmi rasman e’lon qilinishi deyarli aniq deb ko‘rsatilmoqda. Bundan tashqari, Serxio Ramosning kelajagi ham so‘roq ostida turibdi. Klub haligacha jamoa sardori va yetakchisi bilan bir qarorga kelganicha yo‘q. Lukas Vaskes bilan ham ushbu holat. "Qaymoqranglilar" rahbariyati Lukasga ham aniq taklif yubormagan.
Oldinda bizni yangi "Real Madrid" va yuqori ajoyib xaridlar kutmoqda, ammo Zinedin Zidan boshchiligidagi jamoa shu tarkib bilan ham La Ligada ham, Chempionlar ligasida ham "tirik"ligini ham unutmasligimiz kerak. Garchi, "Real"ni jarohatlar bilan bog‘liq muammo bo‘lgan bo‘lsa-da, Zidan boshchiligidagi klub bir qancha muvaffaquyatlarga erishib kelmoqda. Fransuz mutaxassisining kursisi ham, bundan bir necha oylar oldin qimirlab qolgandi, lekin murabbiy "Real Madrid"ning o‘yinini yaxshi tomonga o‘zgartira oldi. Shuning uchun ham, rahbariyat Zinedinni jamoada saqlab qolish niyatida. Ammo, keyin nima bo‘lishini, faqatgina bosh murabbiy va prezident biladi, boshqa hech kim.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 12:56, 14.04.2021.
O'qildi: 8895 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.